Daryo

Foto: Qozog‘istonda paydo bo‘lgan 14 metrli muz “vulqon”

Bu turdagi muz tog‘lar Olmaota viloyatida oldin ham paydo bo‘lgan, biroq joriy yilda uning o‘lchamlari hayratlanarli

1 daqiqa o‘qish56 172 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YouTube / Sputnik

Qozog‘istonda 14 metrli muz “vulqon” paydo bo‘lgani tasvirlangan suratlar internetda tarqaldi. Ushbu tabiat mo‘jizasini tomosha qilish uchun ko‘plab insonlar tashrif buyurmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: YouTube

Noodatiy “minora”ga oid kadrlarni mahalliy aholi va turistlar ijtimoiy tarmoqlarga joylamoqda. Bu turdagi muz tog‘lar Olmaota viloyatida oldin ham paydo bo‘lgan, biroq joriy yilda uning o‘lchamlari hayratlanarli. Quyidagi suratlar orqali muz inshootining o‘lchamini atrofidagi insonlar kattaligi bilan taqqoslash mumkin:

Foto: YouTube
Foto: YouTube
Foto: YouTube

Muz “vulqon” sovuq va qorli havo vaqtida yerosti suvlari chiqadigan joyda paydo bo‘ladi. Artezian suvlari fontan kabi otiladi, biroq sovuq sabab muz bo‘laklari ko‘rinishida muzlab qoladi. Kadrlarga yaxshilab e’tibor qilinsa, uning tubidan suv tomchilari otilayotganini kuzatish mumkin.

Tabiiy inshoot mahalliy diqqatga sazovor joyga aylangan. Bolalar muz “vulqon”ning qiyaliklari bo‘ylab chana uchmoqda, kattalar esa u ijtimoiy tarmoqlar uchun suratga tushyapti.

Avvalroq sovuq ob-havo tufayli Moskvadagi istirohat bog‘ida qorli “shilliqurtlar” paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Internetda tarqalgan “sochsimon muz” surati keng muhokamalarga sabab bo‘ldi

Foto: YouTube
Foto: YouTube
Foto: YouTube
Foto: YouTube
Foto: YouTube
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.