Zuhra Mirg‘oziyeva To‘rayevna Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Zuhra Mirg‘oziyeva shu paytgacha Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Toshkent viloyatining sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlanishi kutilayotgani hamda Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib Ulug‘bek Uzoqov tayinlangani haqida xabar berilgandi.