Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda bosh vaziri Abdulla Aripov hamda prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov qatnashmoqda.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Sessiya vaqtida Ulug‘bek Uzoqov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, u 2018-yilning aprelidan to shu kungacha Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Unga qadar esa 2016-yilning dekabridan 2017-yilning oktabrigacha Jizzax viloyati hokimi bo‘lgan.

Avvalroq Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov ishdan olingani, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan Davron Hidoyatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev lavozimidan ozod etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi