Daryo

Mutaxassislar dunyodagi eng mehmondo‘st maskanlar ro‘yxatini tuzdi (foto)

Ajoyib manzaraga ega maskanlar insonlarni sayohatga chorlashi tabiiy

3 daqiqa o‘qish46 006 ko‘rishlar0 izoh0

Mutaxassislar butun dunyo bo‘ylab turar joy maskanlari o‘rtasida “Traveller Review Award 2021” mukofotlarini taqsimlash natijalari bo‘yicha sayyoraning o‘nta eng mehmondo‘st joylari ro‘yxatini tuzdi.

Taydun okrugi, Tayvan

Foto: Pixabay

Tayvanning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan, tog‘lar va okean bilan o‘ralgan. Sayyohlar mahalliy madaniyatning xilma-xilligidan hayratda qoladi. Bu yerda ko‘plab qabilalar yashaydi, ularning har biri qadimiy an’analari va urf-odatlari bilan mashhur.

Foto: Pixabay

Preshovskiy viloyati, Slovakiya.

Foto: Pixabay

Ushbu mintaqa o‘zining tog‘li landshaftlari bilan qish mavsumida piyoda yurish va chang‘i uchishni yaxshi ko‘radigan sarguzasht izlovchilar uchun ideal joy. Shuningdek, Slovakiyaning eng yuqori nuqtasi hisoblanadi.

Foto: Pixabay

Tasmaniya, Avstraliya. 

Foto: Pixabay

Avstraliyaning Tasmaniya shtati o‘zining yovvoyi tabiati va go‘zal manzaralari bilan mashhur. Bu yerda mehmonlar ajoyib manzara, tarixiy va madaniy meros hamda mukofotga sazovor bo‘lgan restoranlarning ajoyib kombinatsiyalarini topish mumkin.

Foto: Pixabay

Kenterberi, Yangi Zelandiya.

Foto: Pixabay

Kenterberi yovvoyi plyajlar, ko‘llari, uzumzorlari va tog‘lari bilan mashhur bo‘lgan Yangi Zelandiyadagi eng katta mintaqadir. Yaqin atrofda tog‘lar bilan birga, boshqa go‘zalliklar ham mavjud. Janubiy orolning markazida toza suvlari bo‘lgan Tekapo ko‘li joylashgan. Kechki payt suv ombori ustidagi osmon uzra yulduzlar to‘lib toshadi. Tungi osmonni tomosha qilish uchun ajoyib imkoniyat bor.

Foto: Pixabay

Yangi Shotlandiya, Kanada

Foto: Pixabay

Yangi Shotlandiyaning qirg‘oqlarini viloyat hayotida ulkan rol o‘ynaydigan Atlantika okeani yuvib turadi. Kanadaning ushbu burchagida ko‘plab baliqchilar shaharchalari, dengiz mayoqlari va qizil qoyalar mavjud.

Foto: Pixabay
Foto: Pixabay
Foto: Pixabay

Yuqori Avstriya, Avstriya.

Foto: Pixabay

Yuqori Avstriyaning federal shtati mamlakat shimolida joylashgan hamda Germaniya va Chexiya bilan chegaradosh. Mintaqa o‘zining chiroyli yashil tepaliklari va Yevropaning ikkinchi eng uzun daryosi Dunay bilan mashhur. Sayyohlar piyoda sayr qilish paytida tabiatdan bahramand bo‘lishi va ko‘plab yo‘nalishlar bo‘ylab velosipedda sayohat qilishi mumkin.

Foto: Pixabay

Chubut, Argentina.

Foto: Pixabay

Chubut Argentinaning janubidagi provinsiya, And va Atlantika okeanining o‘rtasida joylashgan. Shuning uchun sayohatchilar tog‘lardan va plyajdan bahramand bo‘lishi mumkin.

Foto: Pixabay

Libertador-Xeneral-Bernardo-O’Xiggins, Chili.

Foto: Pixabay

Libertador-Xeneral-Bernardo-O’Xiggins viloyati sharqda Argentina, g‘arbda esa Tinch okeani bilan chegaradosh. Bundan tashqari, hududda dunyodagi eng katta yer osti mis koni mavjud.

Foto: Pixabay

Ayova, AQSh.

Foto: Pixabay

Ayova shatati Missuri va Missisipi daryolari o‘rtasida, AQShning qoq markazida joylashgan. Ayova noyob o‘simliklar, yovvoyi tabiat, fermer xo‘jaliklari va qishloqlarga ega.

Foto: Pixabay

Minas-Jerays, Braziliya.

Foto: Pixabay

Minas-Jeras Braziliyaning janubi sharqidagi okeanga chiqa olmaydigan davlat. Bu yerda tarixiy binolar mavjud, tepaliklarda ko‘plab aholi maskanlari barpo etilgan. Dengiz sathidan eng baland bo‘lgan Braziliyaning beshta shahridan to‘rttasi Minas-Jerasda joylashgan.

Foto: Pixabay
Foto: Pixabay
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar