Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nanographics kompaniyasi mutaxassislari (Vena texnika universiteti) birinchi bor SARS-CoV-2 koronavirusining uch o‘lchamli suratini yaratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “News.mail.ru”.

Foto: Nanographics

Foto: Nanographics

Olimlar o‘z ishida koronavirusning zarar yetmagan zarralarini ajratib olib, skanerlagan va uni raqamli formatda saqlashga erishgan Pekinning Sinxua universitetidagi hamkasblari ma’lumotlaridan foydalangan. Xitoylik mutaxassislar boshoqli oqsillar tuzilmasiga deyarli o‘zgartirish kiritilmagan virusning haqiqiy namunalarini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Skanerlash asosida olingan ma’lumotlar yordamida Nanographics SARS-CoV-2’ning uch o‘lchamli suratini yaratgan bo‘lib, uning yordamida virusning aholida ekzemplyarlarini ko‘rish mumkin. Bu koronavirusning birinchi haqiqiy 3D tasviri hisoblanadi. Bunga qadar faqat kompyuter modellaridagi tasvirlardan foydalanilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Rossiyaning ilmiy vizualizatsiya bilan shug‘ullanuvchi Visual Science studiyasi SARS-CoV-2 koronavirusining eng batafsil 3D modelini yaratgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda