Daryo

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Asosiy stavka 2020-yil 10-sentabrdan buyon o‘zgarishsiz qoldirilmoqda

1 daqiqa o‘qish33 800 ko‘rishlar0 izoh0

Markaziy bank boshqaruvi 21-yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda asosiy stavkani o‘zgarishsiz, yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank asosiy stavkani 2018-yil boshida 14 foiz etib tasdiqlagandi. 2019-yilda ushbu stavka 16 foizgacha ko‘tarilgandi. 2020-yil mart oyida ham bazaviy stavka o‘zgarishsiz qoldirilib, 16 foiz deb belgilangandi.

Markaziy bank boshqaruvining 2020-yil 14-apreldagi qarori bilan asosiy stavka 1 foizga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilangan edi. Iyun oyida esa Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirishi haqida xabarlar tarqaldi, biroq 11-iyun kuni asosiy stavka bo‘yicha qaror qabul qilingan va u 15 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirilgandi.

10-sentabr kuni Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib, 14 foiz etib belgiladi, 22-oktabrda ham asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolgandi.

Eng past stavka 2015-yil yanvar va 2017-yil may oylarida o‘rnatilgan — 9 foiz. Eng yuqori ko‘rsatkich 1995-yilda belgilangan — 300 foiz.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar