Daryo

Eldor Shomurodov “Jenoa”dagi muvaffaqiyatli start haqida: “Men endigina yo‘lning boshidaman”

Shomurodov Italiya chempionatiga moslashish jarayoni haqida gapirdi

1 daqiqa o‘qish70 056 ko‘rishlar0 izoh0

“Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya chempionatiga moslashish jarayoni haqida gapirdi.

Foto: Getty Images
“Jenoa” taklifini qabul qilganimda Italiyada duch kelishim mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan xavotirga tushgandim. Shunday bo‘lsa-da, o‘zingni ko‘rsatish uchun yagona yo‘l mashaqqatli mehnat ekanini bilaman. Butun faoliyatim davomida shunday bo‘lgan. Hozir hammasi o‘xshamoqda, biroq men endigina yo‘lning boshidaman. Eldor Shomurodov, futbolchi
O‘zbekistonlik forvard “Jenoa” safida hozirga qadar 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq Tuttosport nashri “Yuventus” o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirayotgani va unga Alvaro Morataning o‘rinbosari sifatida qarayotgani haqida xabar qilgandi. Mavzuga doir: “Jenoa” Eldor Shomurodov transferini 2020-yil 4-oktabrida e’lon qilgan. Genuyaliklar hujumchi uchun “Rostov”ga bonuslar bilan birga hisoblaganda 9 million yevro to‘lashi aytilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar