Roliklarida smartfonlarni “qiynash” bilan tanilgan Zak Nelson ismli bloger 2020-yilning eng mustahkam modellari nomini e’lon qildi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Odatda Nelson mobil bozorda sotuvga chiqqan yangi qurilmalarni tirnaydi, bukadi va hatto olov bilan qayta ishlaydi.

Shunday qilib, Nelson 2020-yilning eng mustahkam smartfoni nomini Google Pixel 4a modeliga bergan. “Eng nozik smartfon” deya esa OnePlus Nord e’tirof etilgan.

Google Pixel 5 smartfoni eng ta’mirbardosh smartfonga aylangan. Shuningdek, u eng “yolg‘onchi” smartfon ham hisoblanadi — bunga uning metall korpusi sabab bo‘lgan.

“Ta’mirlash qiyin bo‘lgan smartfon” nomi BlackShark 3’ga nasib etgan. Eng “innovatsion” qurilma — ZTE Axon 20 — u selfi-kamerasi ekran ostida joylashgan bozordagi birinchi smartfon hisoblanadi. “Eng chiroyli smartfon” nomi esa iPhone 12 Pro Max’ga berildi.