• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    26-dekabr – barcha zamonlarning tragediyasi “Qirol Lir” pyesasi ilk bora sahna yuzini ko‘rgan kun

    Betakror dramaturg Shekspir qalamiga mansub “Qirol Lir” pyesasi yozilgan va sahnada namoyish etilgan vaqti to‘g‘risida aniq manba saqlanib qolmagan bo‘lsa-da, asar 1603—1606-yillar orasida yozilgan, deb taxmin qilinadi. Angliyadagi nashrlarga doir ma’lumotlar saqlanadigan ro‘yxatlar kitobida pyesa 1606-yil 26-dekabrda sahnaga qo‘yilgani haqidagi ma’lumot qayd etilgan edi. “Daryo” kolumnisti Rahimjon Qudratov sana munosabati bilan asar tahlilini taqdim etadi. 

    Shekspirning boshqa pyesalari kabi “Qirol Lir” ham original asari emas, aksincha, avvaldan mavjud bo‘lib kelgan pyesaning o‘ziga xos yangi talqini edi. Shekspir asarga kiritgan o‘zgartirishlar faqatgina bir nechta yangi obrazlar bo‘lib qolmadi, u asarning voqealar rivojini tubdan o‘zgartirib yuboradigan fojialarni ham pyesa tarkibiga kiritishga qaror qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Aytish mumkinki, qahramonlar o‘limi bilan bog‘liq fojialar bir paytning o‘zida ham pyesaning o‘zgachaligini saqlab, uni “Qirol Lir” pyesasining boshqa variantlaridan ko‘ra taniqliroq bo‘lishiga olib keldi, ham asarning juda ko‘p tanqid ostida qolishiga sabab bo‘ldi. Hattoki boshqa yozuvchilar asarning “yaxshiroq”, qisqacha aytganda, bosh qahramonlar o‘lmaydigan va baxtli yakun topadigan muqobil variantlarini ham yozdi. Ammo Shekspirdan so‘ng yozilgan pyesalar o‘zini oqlamadi va asrlar ichida unutilishga mahkum bo‘ldi.

    “Qirol Lir” XVII asrdan beri o‘z davrining mashhur aktyorlari tomonidan sahnaga olib chiqilmoqda. XX asrgacha pyesada mavjud bo‘lgan barcha rollar erkaklar tomonidan o‘ynab kelindi. XX asrdan boshlab ba’zi erkak qahramonlar ayollar tomonidan ham o‘ynalmoqda. Pyesa asosida film suratga olish esa 1905-yildan beri boshlangan bo‘lib, ilk film Germaniyada olindi. Taassufki, film bugungi kungacha saqlanib qolmadi. Xo‘sh, butun dunyo bo‘ylab keng miqyosda mashhurlikka erishgan tragediya nima haqida va u o‘ziga xos qanday jihatlarga ega?

    Voqealar rivoji

    Pyesa Britaniyaning keksa qiroli Lirning taxtdan voz kechishga hamda o‘z qirolligini uch qiziga bo‘lib berishga qaror qilishi to‘g‘risidagi voqea bilan boshlanadi. Keksa qirol uchala qizini ham sinovdan o‘tkazmoqchi bo‘ladi va ulardan o‘z otasiga bo‘lgan mehrini tasvirlashni so‘raydi. Qirolning to‘ng‘ich hamda o‘rtancha qizi Goneril va Regan turli xushomad so‘zlar bilan otasining ko‘nglini ovlaydi.

    Kenja qiz Kordeliya esa sukut saqlaydi va hech bir so‘z uning otasiga bo‘lgan muhabbatini ifodalay olmasligini aytadi. Bu javobdan g‘azabga tushgan qirol Kordeliyani merosdan mahrum qiladi. Fransiya qiroli Kordeliyani sevib qolgani tufayli unga hech qancha meros tegmagan bo‘lsa ham, uni qirol Lirning roziligisiz Fransiyaga olib ketadi. Merosga ega bo‘lgan qizlarining o‘ziga nisbatan ko‘rsatadigan muomalasi keskinlik bilan yomon tomonga o‘zgarganini kuzatgan Lir o‘z xatosini anglab yetadi va asta-sekinlik bilan aql-u xushidan ayrila boshlaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Voqealar rivojining boshqa bir tomonida esa keyinchalik Lir bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan Gloster nomli graf Edmund nomli farzandi hiylasidan jabr tortishi tasvirlanadi. Hiylakor Edmund otasini ukasi Edgardning unga xiyonat qilayotgani va uni o‘ldirishni ko‘zlayotganiga ishontiradi. Gloster o‘g‘li Edgardni qidirish uchun odamlarni yuboradi, Edgard esa tilanchi niqobida odamlardan yashirinib, dala-dashtlarga qarab sayohat qilishga majbur bo‘ladi.

    Jarayonlar o‘zgarib, oxir-oqibat xatolarini anglab yetgan Gloster o‘zini halok etish niyatini ko‘zlagan chog‘da uni o‘sha farzandi — Edgard qutqarib qoladi. Voqealar rivoji davomida bir necha urush holatlari kuzatiladi. Tragediya esa o‘z otiga munosib tarzda ko‘plab qahramonlar halokati bilan yakunlanadi. Biroq bu fojialarning asar mazmun-mohiyatiga bevosita ta’siri bormi? Bizningcha, ha. Turli psixologlar ushbu asarni o‘z nazariyalari bo‘yicha tahlil etishar ekan, obrazlar xarakteri va fojiasiga alohida yondashishni ma’qul ko‘radi.

    “Qirol Lir” psixologlar talqinida

    Kopeliya Kanning psixoanalitik tahliliga ko‘ra, Qirol Lir qizlaridan uni maqtashlarini so‘rashi uning ona mehriga tashnaligini anglatadi. Onasidan yetarlicha mehr ko‘rmagan Lir ushbu mehrni qizlaridan talab qilganida, kenja qizining bu taklifni rad etishi qirol uchun haqiqiy hissiy zarba bo‘lgan edi. Kordeliyaning o‘limigina qirolni o‘z fantaziyalaridan xalos etadi.

    Psixoanaliz asoschisi Zigmund Freyd esa Kordeliya obrazini o‘lim ramzi, deya tasvirlaydi. Shunday ekan, Lirning o‘z qiziga bo‘lgan munosabati uning o‘limga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi, u o‘limni tan olishni istamaydi. Qirol umrning foniy ekanini qabul qila olmaydi. Asarning so‘nggi qayg‘uli sahnalarida Kordeliyaning halok bo‘lishi Freyd uchun muhim nuqta edi. Chunki o‘sha nuqtadagina qirol o‘zining umrboqiy emasligini tushunib yetib, o‘limning muqarrarligi to‘g‘risidagi fikr bilan murosa o‘rnata oldi. Kordeliyani o‘limga mahkum etish uchun Shekspirda ma’lum bir sabablar bo‘lgani ehtimoldan yiroq emas, chunki “Qirol Lir” pyesalarining boshqa hech bir variantida uning o‘limi uchramaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Psixolog Harol Blum esa asosiy e’tiborini Edmund obraziga qaratadi. Unga ko‘ra, “Edmund — Shekspirning eng original qahramonidir”. Edmund boshqa salbiy obrazlar kabi munofiqlik qilmaydi va undagi hiylakorlik faqat va faqat aql yo‘rig‘iga ko‘ra harakatlanadi. Unda hech qanday ishtiyoq va hissiyot mavjud emas, u hech kimni sevmagan va sevmaydi ham. Shu jihatdan olib qaraganda, bu Shekspirning takrorlanmas qahramonidir.

    Umuman olganda, “Qirol Lir” tragediyasi inson tabiatidagi ziddiyatlar, shuningdek, aql va qalb yo‘li orasidagi arosat haqida deyish mumkin. Bu ziddiyatlar insonni fojia sari yetaklaydi. Lir qalbi xasta obraz bo‘lsa, Edmund “aqli xasta” qahramon edi. Qalb adashishi juda ko‘p uchragani sababli Lirning holati va undan chiqariladigan xulosa biz uchun tanish bo‘lishi mumkin. Ammo Edmundning holati tamomila boshqacha edi. U faqatgina ziyraklik bilan ish tutishiga qaramay, oxir-oqibat pand yedi.

    Buning yagona sababi shundaki, uning tafakkur kuchi yordamida chiqargan qarorlari qalbning ko‘magiga muhtoj edi. Tragediya esa eng avval insonning ichida yuz beradi. Biz ko‘zimiz bilan ko‘rib turgan fojialar esa inson tabiatidagi ziddiyatlar hosilasi bo‘lishi mumkin. Har bir inson o‘z qalbini asray olganida, dunyoni asrashga hojat qolmagan, tragediyalar esa inson tabiatining oynadagi aksi bo‘lib xizmat qilmagan bo‘lar edi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    27.12.2020, 21:58   Izoh (0)   46322
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qornim och holda konsert berardim”. Hamdam Sobirov hamma “yulduz”lar ham boy emasligi haqida gapirdi (video)

    26.12.2020, 13:41

    Jahongir Otajonov Turkiya prezidenti unga o‘g‘lining omonat gapini yetkazganini ma’lum qildi

    25.12.2020, 16:37

    Foto: Istanbulning mashhur Beyo‘g‘li tumanidagi qadamjolarga nazar

    24.12.2020, 21:59

    Rumiy va Tabriziy uchrashgan joy, masjid hamda dunyoda oshpazlarga atab qurilgan ilk maqbara (foto)

    22.12.2020, 23:26

    Foto: Turkiyadagi Alouddin tepaligi va uning atrofidagi bir necha asrlik qadamjolar

    22.12.2020, 19:55

    Yozuvchi Aleksandr Kurlyandskiy vafot etdi. U “Senimi, shoshmay tur!” multfilmining yaratuvchilaridan biri hisoblanadi

    21.12.2020, 20:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.