Daryo

Namanganda 4 nafar o‘smir sayr qilib kelish bahonasida Spark’ni olib qochib, YTHga uchradi

Sherzod Sh., Akmal O‘., Ne’matjon M.ga nisbatan uy qamog‘i, Bilol T.ga nisbatan esa qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan

1 daqiqa o‘qish45 565 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tergov departamenti

Namangan shahrida 18-dekabr kuni to‘rt nafar o‘smir qarovsiz qoldirilgan Spark avtomobilini olib qochdi va yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 18-dekabr kuni soat 23:50 da noma’lum shaxslar Namangan shahar “Istiqbol” MFYda joylashgan “Dilrabo Fayz” oilaviy korxona oldida fuqaro Foziljon K. tomonidan qoldirib ketilgan Spark mashinasining kalitini o‘zida ekanligidan foydalanib, avtomashinani noma’lum tomonga olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyat voyaga yetmaganlar 14 yoshli Sherzod Sh., 16 yoshli Akmal O‘., 15 yoshli Ne’matjon M. va 16 yoshli Bilol T. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Spark esa “Istiqbol” mahallasida “Vaz-2106” avtomashinasi bilan YTH sodir qilgan holatda topilgan.

Foto: Tergov departamenti

Holat yuzasidan mazkur o‘smirlarga nisbatan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Sherzod Sh., Akmal O‘., Ne’matjon M. va Bilol T. jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Sherzod Sh., Akmal O‘., Ne’matjon M.ga nisbatan uy qamog‘i, Bilol T.ga nisbatan esa qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar