Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati Quva tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli maktab o‘quvchisi Nexia mashinasida yo‘l-transport hodisasi sodir etib, bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 21-oktabr kuni soat 12:00 da Quva tumani hududidan o‘tgan 4K-835 avtomobil yo‘lining 14-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, 2003-yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi Nexia avtomobilini ota-onasining ruxsatisiz uyidan haydab chiqib ketgan. U mashinani katta tezlikda boshqarib, xavfli burilish joyida boshqaruvni eplay olmagan va yo‘l chetidagi piyodani urib yuborgan, avtomobil esa yo‘l chetiga ag‘darilgan. Piyoda olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Avvalroq “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistonda 16 yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish haqida petitsiya e’lon qilingandi.

IIV YHXBB mazkur petitsiyaga munosabat bildirib, 16 yoshli bolalarda hali “men” degan fikr so‘nmagan bo‘lishi, maqtanishni, oliftalikni yaxshi ko‘rishi, buning oqibatida esa yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik, mensimaslik yoki qasddan tengdoshlariga, do‘stlariga avtomobilini maqtanish uchun yo‘l harakati qoidalariga qarshi harakat qilishi mumkinligi haqida aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi