Daryo

Andijonda YPX xodimi 5-sinf o‘quvchisi Nexia haydab ketayotganini aniqladi

Unga boshqaruvni topshirganligi uchun avtomobil egasiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan

1 daqiqa o‘qish48 172 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Andijonda voyaga yetmagan bola Nexia haydab ketayotgani aniqlandi va unga boshqaruvni topshirganligi uchun avtomobil egasiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, 5-oktabr kuni Andijon viloyati, Andijon shahar IIB YHXB YPX xodimi belgilangan taqsimot asosida Andijon shahar, beshinchi kichik daha hududida xizmat olib borayotgan vaqtida xizmat joyiga yaqin bo‘lgan 41-sonli maktabga ko‘rinishidan voyaga yetmagan bola Neksiya-3’ni boshqarib kelganligini ko‘rgan va darhol uning yoniga borgan.

Voyaga yetmagan boladan yoshini so‘ragan vaqtida bola ushbu 41-sonli maktabning 5-sinfida tahsil olishini ma’lum qilgan.

YPX xodimi bola bilan maktabga kirib, maktab rahbari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va bolaning oila a’zosi ishtirokida aniqlangan holatni muhokama etgan.

Transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan, voyaga yetmagan bolaga boshqaruvni topshirganligi uchun avtomobil egasiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

Mavzuga doir: Farg‘onada Labo’ni hujjatlarsiz boshqargan maktab o‘quvchisi traktor tirkamasiga urildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar