Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shotlandiyalik yigit sevgilisi bilan uchrashish uchun Irlandiya dengizini gidrotsikl bilan kesib o‘tib, karantin cheklovlarini buzganligi tufayli hibsga olindi, deb yozadi BBC News.

Foto: BBC News

Foto: BBC News

Buyuk Britaniyaning Nort-Ershir shahridan bo‘lgan 28 yoshli Dey Maklaflen 2020-yilning 11-dekabrida Men orolida yashovchi sevgilisi bilan uchrashuvga  dengiz orqali borishga qaror qildi. Buning uchun gidrotsikl ham sotib oldi. Yigit maqsad qilgan manzil to‘rt yarim soatlik masofani talab etadi. Deyl esa avvallari gidrotsikl boshqarib ko‘rmaganligi tufayli 40 kilometrni 40 daqiqada bosib o‘tishni taxmin qilgan edi. Afsuski, u qirg‘oqqa yetib borganidan keyin ham qizning uyigacha 25 kilometr masofani piyoda bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi.

Orolning amaldagi qonunlariga binoan, Men oroliga faqat maxsus ruxsatnoma olganlargina kirishi mumkin. 2020-yilning sentabr oyida Deyl orolda bir oy mobaynida tom yopish ishida ishlash uchun ruxsat olishga muvaffaq bo‘lgan. Keyingi safar esa uning murojaati rad etilgan edi. Shu tufayli Deyl kelganiga ikki kun bo‘lganida, hujjatlar tekshiruvidan so‘ng hibsga olindi.

2020-yilning 14-dekabr kuni Deyl sudga tortildi. Uning advokati mijozining depressiyada bo‘lgani va sevgan qizi bilan uchrashishning boshqa chorasi bo‘lmaganini tushuntirdi. Ammo bu yordam bermadi. Sudya Deylni karantin cheklovlarini buzib, mahalliy aholini kasallik yuqtirish xavfi ostiga qo‘yganini ma’lum qildi va uni 4 haftalik qamoq jazosiga hukm qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)