Zamonaviy dunyo turli ekologik muammolarni keltirib chiqqan holda o‘z hukmini o‘tkazmoqda, buni esa innovatsion yechimlarsiz hal qilib bo‘lmaydi

O‘zbekiston Orol fojiasi asoratlarini kamaytirish, chiqindilarni boshqarish sohasini isloh qilish va bioxilma-xillikni saqlash bilan muhim ekologik masalalarni hal qilishga e’tibor qaratayapti.

2020-yil fevral oyidan boshlab O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati tashkilotlariga atrofdagi imkonitlarni o‘rganish va muammolarni hal qilishning zamonaviy usullaridan foydalanish g‘oyalarini samarali targ‘ib qilishni ilgari surishda yordam beruvchi “Innovatsion O‘zbekiston” dasturi amalga oshirilmoqda.

Dastur koordinatori va ijrochisi – Eco Forum of Uzbekistan (O‘zbekiston) va the New Diplomacy (Chexiya) hamkorligidagi ODB Bryussel notijorat Belgiya tashkiloti.

Yevropa Ittifoqi moliyalashtirgan “Innovatsion O‘zbekiston” dasturi ikki yil davomida faol harakatlanishga mo‘ljallangan. Loyiha doirasida maktab tashkil etiladi, unda notijorat nodavlat tashkilotlar vakillari manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro munosabatlar va mamlakatning 13 viloyatidagi mahalliy jamiyatlarda innovatsiya ehtiyojlarini namoyon qilish usuli bo‘yicha o‘qitiladi.

Hozirgi kunda turli darajadagi qarorlar qabul qilishda O‘zbekistonning jamoat tashkilotlari ishtirokini kuchaytirish juda muhim. Ishtirokchilar dastur doirasida Yevropa tajribasini o‘rganadilar, “Innovatsion O‘zbekiston” dasturini amalga oshirish mahalliy sharoitga moslashtiriladi. Tashkilotchilarning harakatlari chekka hududlardagi aholining yashash sharoitini yaxshilashga yo‘naltirilgan.

Joriy yilning sentyabr oyida Samarqand viloyatining Kukoni qishlog‘ida “yashil” texnologiyalar va mahalliy jamoalrning ehtiyojlarini baholash mavzusida seminarlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir bir vaqtning o‘zida Nukusda ham bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalar davomida Ko‘koni qishlog‘ildan ishtirokchilar suv ta’minoti va sug‘orish sohasidagi yangiliklar va innovatsiyalar to‘g‘risida yetarli ma’lumotlarga ega emasliklarini tan oldilar. Ular qishloq xo‘jalgi zararkunandalari bilan kurashish uchun preparatlarning qimmatligi va ekin maydonlari kam sug‘orilishini qayd etdilar. Nukuslik seminar ishtirokchilari ichimlik suvi yetishmasligi, yerning holati yomonlashgani va hududda sog‘liqni saqlash darajasi pastligini ta’kidladilar. Ko‘koni qishlog‘ida bahor-kuz davrida yomg‘ir suvi yig‘ishning mavjud usullari va gidrotaran qurilmalar ishi namoyish etildi.

“Bunday texnologiyalarni tanlash va amaliyot uchun asosiy jihatlari mustaqil ravishda tayyorlash imkoniyati mavjudligi va tannarxning pastligi hisoblanadi, – dedi seminar treneri O‘ktam Xaitov. – Masalan, gidrotaran qurilmasini uy sharoitida ham qilish mumkin. Buning uchun oddiy suvdan foydalaniladi va hech qanday elektrogenerator kerak emas.

Nukusda quyosh panelli pechlarini tayyorlash va qo‘llash usullari namoyish etildi. Ishtirokchilar, ayniqsa, buklama va qutili quyosh panelli pechlarga alohida qiziqish bildirdilar.

Shuningdek, oktyabr oyida Navoiy viloyatining Konimex tumanida, Farg‘ona tumani Chimion shahar tipidagi qishloqda va Yozyovon tumanidagi Qorasoqol qishlog‘ida seminarlar bo‘lib o‘tdi. Treninglarda quyoshli parabolik oshxonalar va alohida suv ta’minoti texnologiyalari muhokama qilindi.

“Bizning maqsadli guruhimiz, asosan, uy xo‘jaligida band bo‘lgan ayollar va yoshlar, – dedi “To‘maris” markazi direktori Natalya Norbekova.– Atrof-muhitga zarar yetkazmasdan, ovqat tayyorlash jarayonini yengillashtirish uchun “yashil” texnologiyaga asoslangan quyoshli parabolik pechni joriy etishga qaror qilindi. Bu qurilma tufayli gaz, o‘tin, elektr quvvatidan foydlanmasdan suv isitish, ovqat pishirish mumkin”.

Chimion va Qorasoqol qishloqlarida mavjud plastik va sopol idishlardan sug‘orish amaliyoti namoyish etildi. Trening ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otgan tomchilatib sug‘orish uchun konstruksiya tayyorlanishi bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

“Innovatsion O‘zbekiston” dasturini samarali ishlar yili kutmoqda. Tashkilotchilar guruhining qayd etishicha, resurslarni tiklash asosida tutash iqtisodiyot sikliini qo‘llash an’anaviy tizimli iqtisodiyotning a’lo darajadagi muqobili bo‘ladi. Loyiha doirasida “yashil” texnologiyalar va qarorlar qabul qilishda jamoat tashkilotlarining ishtiroki muhimligini yoritish davom ettiriladi.

Reklama huquqi asosida.