Tallin (Estoniya) hayvonot bog‘idagi shimpanze volyerdagi oynalar va polni o‘zi artib qo‘ydi. Tozalash ishlari tasvirlangan video bilan hayvonot bog‘i xodimi o‘zining Facebook’dagi sahifasida bo‘lishgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Kadr: YouTube

“Xodimimiz volyerni tozalashni unutibdi. Keyin nima sodir bo‘lganiga ishonmaysiz… Ko‘rib turganingizdek, shimpanze bilan o‘xshash jihatlarimiz juda ko‘p”, — deyiladi video ostiga qoldirilgan izohda.

Rolik kadrlarida shimpanze cho‘tka bilan polni yuvayotganini, undan so‘ng oynani artgani otlanganini ko‘rish mumkin.