FIFA futbol terma jamoalarining noyabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgandagi ko‘rsatkichga nisbatan bir pog‘ona pastladi. Vadim Abramov shogirdlari 1283 ochko (o‘tgan oyda 1292) bilan 85-o‘rindan joy olgan. OFK vakillari orasida O‘zbekiston termasi 12-pog‘onada bormoqda.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Suriya (0:1) va Iroq (1:2) terma jamoalariga yutqazdi.

Jahon Chempionati saralashida bitta guruhdan joy olgan Saudiya Arabistoni 67-o‘rin, Falastin — 102, Yaman — 145, Singapur esa 158-o‘rinda qayd etilgan.

Umumiy reytingda hamon Belgiya peshqadamlik qilmoqda. Kuchli o‘nlikni Xorvatiya va Kolumbiya terma jamoalari tark etdi, ular o‘rnini Meksika hamda Italiya egallagan.

FIFA reytingining top-10 jamoalari bilan tanishing:

1 (1). Belgiya – 1780 ochko

2 (2). Fransiya – 1755

3 (3). Braziliya – 1743

4 (4). Angliya – 1670

5 (5). Portugaliya – 1662

6 (6). Ispaniya – 1645

7 (8). Argentina – 1642

8 (7). Urugvay – 1639

9 (11). Meksika – 1632

10 (12). Italiya – 1625

OFK jamoalari:

27 (27). Yaponiya — 1502

33 (33). Eron — 1496

40 (40). Janubiy Koreya — 1465

41 (42). Avstraliya — 1457

59 (57). Qatar — 1387

67 (67). Saudiya Arabistoni — 1353

69 (70). Iroq — 1347

74 (74). BAA — 1326

76 (76). Xitoy — 1323

76 (79). Suriya — 1313

82 (82). Ummon — 1303

85 (84). O‘zbekiston — 1283

...102 (104). Falastin — 1204

...

145 (142). Yaman — 1071

...

157 (157). Singapur — 1020