Italiyalik olimlar yaqinda topilgan Isoning tasviri eskizlari Leonardo da Vinchi qalamiga mansub ekanligini ta’kidlamoqda. Bu haqda tegishli tadqiqotda ishtirok etgan san’atshunos Annaliza di Mariyaga tayanib, The Daily Telegraph gazetasi xabar berdi.

Foto: news.artnet.com

Koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini bosilgach, olimlar Florensiyada matbuot-anjumani o‘tkazib, o‘z ishlarining yakuni bo‘yicha hisobot berish niyatida.

Olimaning ta’kidlashicha, Leonardo da Vinchi tomonidan qizil bo‘rda chizilgan surat uzoq vaqt xususiy kolleksionerlardan birida saqlangan. Keyinroq uni Italiya shimolidagi Lekko shahrida yashovchi kolleksioner sotib olgan.

Qog‘ozning laboratoriya tahlili surat XVI asrga tegishli ekanligini ko‘rsatgan. Di Mariyaning so‘zlariga ko‘ra, Iso boshining to‘rtdan uch qismini burilgani va suratning aniq dinamizmi, harakat hissi va qizil bo‘rdan foydalanish — bularning barchasi da Vinchining ishlariga xos.

Shuningdek, ekspertning fikricha, Isoning tasvirida da Vinchining avtoportretlariga o‘xshashlik mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda Fransiyada Leonardo da Vinchining qiymati 15 million dollarlik haqiqiy kartinasi topilgandi.