• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Taniqli aktrisa Gavhar Sharipovaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga qanday jazo tayinlangani ma’lum bo‘ldi

    O‘zbek kinosining taniqli vakili, “Aldangan ayol”, “Opa-singillar” kabi o‘nlab film va seriallarda turli darajadagi rollarni ijro etgan aktrisa Gavhar Sharipova 2019-yilning 18-noyabridan 19-noyabriga o‘tar kechasi vafot etgani xabar qilingan edi. Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat YHXB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirib, aktrisa yurib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgani va ko‘ngilsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Gavhar Sharipovaga yuk mashinasi haydovchisi shilqimlik qilgani, shundan so‘ng aktrisa yurib ketayotgan mashinadan o‘zini tashlab vafot etgani, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro Sh.F.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgani haqida xabar berilgan edi.

    Foto: Kino-teatr.ru

    Foto: Kino-teatr.ru

    Gavhar Sharipovaning vafotiga sabab bo‘lgan YTHning yuz berganiga salkam bir yil to‘lgan bo‘lsa-da, ammo o‘tgan vaqt ichida tergov ishining yakuni va kim aybdor, deb topilgani to‘g‘risida OAVda biror gap-so‘z tarqalmadi. Ommani hamon qiziqtirib kelayotgan sud jarayoni va kim aybdor deb topilgani-yu kim(lar)ga qanday jazo tayinlanganini bilish maqsadida “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tumani sudi raisi Nurbek Abdullayev bilan bog‘landi. Abdullayev mazkur hodisa bo‘yicha o‘tkazilgan sud jarayoniga taalluqli sud hukmini “Daryo”ga taqdim etdi.

    Sud qarorida yozilishicha, sud 2020-yilning 12-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi binosida ochiq majlis ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan.

    Unda qayd etilishicha, 30 yashar sudlanuvchi F.Sh. 2019-yilning 18-noyabr kuni soat 02:20 larda Isuzu rusumli yuk avtomashinasini A-378 Samarqand-G‘uzor avtomobil yo‘li bo‘ylab boshqarib ketayotib, G‘uzor tumanidagi “Karvonsaroy” choyxonasi ro‘parasida to‘xtaydi. U avtoulovga fuqaro Gavhar Sharipovani yo‘lovchi sifatida mindirib oladi. F.Sh. G‘uzor tumani Yarg‘unchi qishlog‘iga yaqinlashganida Gavhar Sharipovaning yelka va qo‘llaridan ushlab, tegajog‘lik qiladi. Shu payt aktrisa avtomashina eshigini ochib, unga o‘zini tashlab yuborishini aytib, ogohlantiradi. Ammo F.Sh. Gavhar Sharipovani eshikni ochiq holatda ushlab ketayotganligini ko‘rib, uning avtomashinadan o‘zini tashlab yuborishi va buning natijasida og‘ir oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga ko‘zi yetsa-da, biroq beparvoligi tufayli buning oldini olmasdan, avtomashinani to‘xtatish choralarini ko‘rmaydi. F.Sh. avtomashinani o‘z-o‘ziga ishonish bilan boshqarishi natijasida Gavhar Sharipova yuk mashinasidan tushib ketadi va voqea joyida vafot etadi.

    Mavzuga doir: “Gavhar Sharipova ruhan nosog‘lom edi”. O‘zbekiston madaniyat vaziri YTHda halok bo‘lgan aktrisa haqida gapirdi

    Sudlanuvchi F.Sh. sud jarayonida aybiga qisman iqrorlik bildirgan. Uning hikoya qilishicha, u 2019-yil 18- noyabr kuni soat 21:00 larda boshqaruvidagi Isuzu avtomashinaga Surxondaryo viloyati Angor tumanidan turli ko‘katlarni ortib, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumaniga borish uchun yo‘lga chiqadi. Soat 02:15 larda G‘uzor tumani Qo‘shtepa qishlog‘idan o‘tib, Yarg‘unchi qishlog‘i tomon harakatlanib borayotganida, yo‘lning chetida turgan 35-40 yoshlar atrofidagi sariq sochli ayol qo‘lini ko‘tarib, “olib keting” ishorasini qiladi. F.Sh. esa o‘sha vaqtda boshqaruvidagi avtomashina tezligi soatiga 70-80 kilometr bo‘lganligi bois ayol turgan joydan taxminan 70-80 metr o‘tib to‘xtaydi. U yo‘lovchi ayolni mindirish niyatida avtoulovni soatiga chamasi 5 km/soat tezlikda ortga haydaydi. Taxminan 20 metrcha yurganidan so‘ng avtomashina orqa tomonidan “taq” etgan ovoz eshitiladi. Haydovchi avtomashinani darhol to‘xtatib, pastga tushgach, yo‘lovchi ayol avtomashinaning orqa o‘ng g‘ildiragining tashqi tomonida yerda jonsiz holatda yotganligini ko‘radi. Uni o‘ziga keltirish uchun yuziga 2-3 marta uradi. Ammo o‘ziga kelmagach, uning yelkasidan ko‘tarib, yo‘lning chetiga olib chiqadi va 103 ga qo‘ng‘iroq qiladi. Oradan 15-20 daqiqa o‘tib, Yarg‘unchi QVP tibbiyot xodimlari keladi va shifokorlar jarohatlangan ayolni ko‘zdan kechirishadi.

    Mavzuga doir: “Sizni ham ona tug‘gandir, singlingiz bordir”. Gavhar Sharipovaning opasi aktrisaning jasadi rasmlarini tarqatganlarni qoraladi (video)

    F.Sh. sudda Gavhar Sharipovani avtomashinaga mindirgani, unga tegajog‘lik qilgani va oqibatda u avtomashinadan o‘zini tashlab yuborganligi to‘g‘risidagi tergovdagi ilk ko‘rsatmasini tasdiqlamasligini bildirgan. U o‘sha vaqtda shoshib qolgani va IIB xodimlari ushbu jinoyatda uni shubha ostiga olishganligi uchun shu mazmunda ko‘rsatma berishga majbur bo‘lganini aytgan. Sudlanuvchi marhumani aslida avtomashinaning orqa tomoni bilan urib yuborgani, o‘sha vaqtda avtomashinada va atrofda hech kim bo‘lmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, Gavhar Sharipovaning oila a’zolaridan kechirim so‘rab, ehtiyotsizligi tufayli baxtsiz hodisa ro‘y berganligi, marhumani avvaldan tanimasligi, u bilan suhbatlashmagani, tegajog‘lik qilmaganini aytib, suddan yengillik berishni so‘ragan.

    Mavzuga doir: Marhum aktrisa Gavhar Sharipovaning onasi: Gavhar Navoiyning havosi meni bo‘g‘adi, menga havo yetishmaydi derdi (video)

    Garchi F.Sh. sudda tergovdagi ko‘rsatmalarini tasdiqlamasligi haqida gapirgan bo‘lsa-da, uning bu vaji quyidagi asoslarga ko‘ra rad qilingan:- Gavhar Sharipova Isuzu avtomashinadan tushib ketgan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Bu holat marhumaning tanasida ko‘plab shikastlar mavjudligi haqidagi ekspertiza xulosasi bilan to‘liq isbotini topgan.- F.Sh. tergov jarayonida ushbu hodisa qanday yuz berganligini batafsil tushuntirib, haqqoniy va ishonchli ko‘rsatma bergan. Shu bois sud F.Sh.ning suddagi ko‘rsatmalarini javobgarlikni yengillashtirish maqsadida aytilgan vaj, deya baholagan va haqiqatga mos kelmaydi, deb hisoblagan.

    Sud F.Sh.ni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan ayblagan. Shuningdek, sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalariga asosan, avvalgi hukmi yuzasidan o‘talmay qolgan jazo muddati qisman qo‘shilib, transport vositalarini boshqarish huquqidan 2 yil-u 6 oyga hamda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Asosiy jazo muddati 2019-yil 19-noyabrdan boshlab hisoblanishi belgilangan.

    Ma’lumot uchun: F.Sh. 1990-yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. Unga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Nurobod tuman sudining 2019-yil 25-noyabrdagi hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi va 45-moddasiga asosan transport vositalarini boshqarish huquqidan 2 yilga mahrum qilish hamda ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

    Mavzuga doir:

    • “U yangi hayot boshlash uchun Rossiyaga borib kelgandi”. Aktrisa Gavhar Sharipova — hamkasblari va do‘stlari xotirasida
    • Gavhar Sharipova Moskvadan qaytgach bir muddat dugonasi Feruza Sobitovaning uyida yashagan
    • Aktrisa Feruza Sobitova nima sababdan Gavhar Sharipovani uyidan chiqarib yuborganini so‘zlab berdi (video)

    03.11.2020, 16:10   Izoh (0)   159011
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Zakovat” ko‘rsatuvida yangi boshlovchi ish boshladi. Abdurasul Abdullayevga nima bo‘ldi?

    29.10.2020, 22:59

    Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi

    29.10.2020, 12:11

    “Bojalar” Mo‘min Oripovning o‘limidan keyin bachkanalashib ketdimi? Javlon Shodmonov bu borada fikrini bildirdi (video)

    25.10.2020, 15:49

    Javlon Shodmonov ilk marta Mo‘min Oripovning o‘limiga sabab bo‘lgan avtohalokat tafsilotlarini ochiqladi (video)

    24.10.2020, 20:36

    Benksining kartinasi o‘n daqiqadan kamroq vaqt ichida qariyb 10 mln dollarga sotildi

    22.10.2020, 11:21

    Peruda yoshi ikki ming yildan oshadigan ulkan mushuk tasviri topildi

    19.10.2020, 16:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.