Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kunidagi viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyev haqida ham to‘xtaldi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi issiqxonada, Zafar Ro‘ziyev — orqa fonda o‘ngdan birinchi, 2018-yil 13-dekabr.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi issiqxonada, Zafar Ro‘ziyev — orqa fonda o‘ngdan birinchi, 2018-yil 13-dekabr.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari yig‘ilish avvalida viloyat o‘z salohiyatiga mos yashamayotganini keskin tanqid qilib, bunga sobiq hokim Zafar Ro‘ziyev sababchiligini ta’kidladi.

“Janobi Ro‘ziyev sharmanda qilgan ekan, endi bilinyapti hammasi. Qashqadaryo zo‘r, gazi bor deb yuravergan ekanmiz. Viloyat respublika gazining 63 foizini beradi. Ammo odamlarda gaz yo‘q, suv yo‘q. Qani adolat?”, — degan davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, viloyat barcha sohada respublikada ortda qolayotganini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, oxirgi 10 yil ichida yalpi ichki mahsulotdagi viloyat ulushi 9,4 foizdan 7,1 foizga, sanoatdagi ulushi esa 11 foizdan 6 foizga tushgan.

Prezident viloyatning ayni kundagi rahbari Zoir Mirzayev haqida ham fikr bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev raisligida Qarshi shahrida 2020-yil 13-noyabr kuni o‘tkazilgan faollar yig‘ilishida viloyat hokimi Zoir Mirzayev turib, Prezidentning so‘zlarini tinglamoqda.

Shavkat Mirziyoyev raisligida Qarshi shahrida 2020-yil 13-noyabr kuni o‘tkazilgan faollar yig‘ilishida viloyat hokimi Zoir Mirzayev turib, Prezidentning so‘zlarini tinglamoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati

“Zoir Toirovich — sinalgan kadr. Tajribasi bor. Qashqadaryoni o‘zgartirish uchun olib kelingan”, — degan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 26-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatining 4 nafar rahbari — Zafar Ro‘ziyev, Botir Yusupov, Dilshod Tursunboyev hamda Ravshanjon Nasimov ishdan olingach, Zoir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. 2020-yil 13-yanvar kuni esa Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda 122 ta yangi universitet va institut ochilgan. 2016-yilgacha ularning soni 77 ta edi
Dunyo
Pokistondagi masjidda xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi, 25 kishi halok bo‘ldi (video)