Samarqand shahrida “Xalqaro xayriya marafoni” shiori ostida Samarkand Half Marathon (yarimmarafon) o‘tkazilishi munosabati bilan 1-noyabr kuni soat 07:00 dan 13:00 ga qadar shaharning bir qator ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Ma’lumot berilishicha, Samarqand viloyati hokimi hamda shahar hokimining qaroriga asosan 1-noyabr kuni Samarqandda quyidagi ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi.

  • Registon ko‘chasida joylashgan non bozorchasi oldidan Dahbed ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  •  Qo‘shhovuz ko‘chasinining Chorraha ko‘chasi bilan tutashmasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Imom al-Buxoriy ko‘chasining “Siyob dehqon bozori”dan Shohi Zinda ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Maroqand ko‘chasining Imom al-Buxoriy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasida Ibn Sino ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Vohid Abdullayev ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasi bilan tutashmasidan Hazrati Xizr masjidigacha bo‘lgan qismi;
  • Islom Karimov ko‘chasining Hazrati Xizr masjididan Shohi Zinda ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Shohi Zinda ko‘chasining “Siyob dehqon bozori”dan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasigacha bo‘lgan qismi.