O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning g‘arbiy hududlarida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani, ko‘plab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya g‘arbida 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi, epimarkaz Izmir viloyatining Seferlixisar shahri atrofida, zilzila o‘chog‘i esa 16,5 kilometr chuqurlikda joylashgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan, 321 kishi jarohat olgan.
Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiyada yuz bergan zilzilada halok bo‘lgan va jarohat olganlar orasida o‘zbekistonliklar qayd etilmaganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)