Daryo

O‘zbekistonning tashqi savdodagi eng yirik hamkorlari ma’lum qilindi

Kuchli uchlikdan Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston o‘rin olgan

1 daqiqa o‘qish51 502 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Freepic.com”

O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi yirik bo‘lgan davlatlar ro‘yxati Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari ro‘yxatining birinchi o‘rinida 4,6 milliard (eksport – 1,4 milliard, import – 3,2 milliard) AQSh dollari hajmidagi savdo aylanmasi bilan Xitoy turibdi. Shuningdek, kuchli uchlikdan Rossiya (savdo aylanmasi – 4,1 milliard, eksport – 1,1 milliard, import – 3,0 milliard AQSh dollari) va Qozog‘iston (savdo aylanmasi – 2,0 milliard, eksport – 646,2 million, import – 1,3 milliard AQSh dollari) joy olgan.

Keyingi o‘rinlarni quyidagi davlatlar egallagan:
  • Janubiy Koreya (savdo aylanmasi – 1,59 milliard, eksport – 34,1 million, import – 1,56 milliard AQSh dollari);
  • Turkiya (savdo aylanmasi – 1,4 milliard, eksport – 650,9 million, import 783,2 million AQSh dollari);
  • Qirg‘iziston (savdo aylanmasi – 660,7 million, eksport – 561,1 million, import 99,6 million AQSh dollari);
  • Germaniya (savdo aylanmasi – 574,0 million, eksport – 51,3 million, import 522,8 million AQSh dollari);
  • Afg‘oniston (savdo aylanmasi – 542,9 million, eksport – 541,3 million, import 1,7 million AQSh dollar);
  • Tojikiston (savdo aylanmasi – 358,8 million, eksport – 289,1 million, import 69,7 million AQSh dollari);
  • Turkmaniston (savdo aylanmasi – 323,6 million, eksport – 97,8 million, import 225,9 million AQSh dollari).
Ro‘yxat Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yilning 9 oyi yakunlari ma’lumotlari asosida tayyorlangan. Avvalroq O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 3,7 mlrd dollarga kamaygani xabar qilingandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar