Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 5-turida “Milan” va “Roma” jamoalari 26-oktabr, dushanba kuni o‘zaro bahsga kirishdi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Zlatan Ibragimovich milanliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 14-daqiqada Edin Jeko raqib darvozabonining xatosidan unumli foydalanib hisob tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning ham ikkinchi daqiqasi Milan shahri jamoasi uchun omadli kechdi. Aleksis Salemakers qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘naltirdi. Bunga rimliklar 71-daqiqada penaltidan urilgan gol bilan javob berdi.

79-daqiqada endi “Roma” darvozasi tomon penalti belgilandi, uni Ibragimovich muvaffaqiyatli ijro etdi. 84-daqiqada Marash Kumbula mehmonlarning uchinchi golini urib, muvozanatni tikladi.

Shu tariqa mavsumda ilk bor ochko yo‘qotgan “Milan” 13 ochko bilan birinchi o‘rinda qoldi. “Roma” (8) esa 9-pog‘onada bormoqda.

A Seriya

5-turi bahsi

26-oktabr, dushanba

“Milan” — “Roma” 3:3

Gollar: 1:0 – 2 Ibragimovich, 1:1 – 14 Jeko, 2:1 – 47 Salemakers, 2:2 – 71, penalti Veretu, 3:2 – 79, penalti Ibragimovich, 3:3 – 84 Kumbula.

“Milan”: Teterushanu, Romanyoli, Kalabriya, Kyer, Teo, Chalxono‘g‘lu, Salemakers (Krunich, 72), Bennaser, Kessie, Ibragimovich, Rafael Leau (Kastilyexo, 72).

“Roma”: Mirante, Spinatssola, Rojer, Manchini, Karsdorp (Bruno Peres, 66), Mxitaryan, Pellegrini (Kristante, 76), Pedro, Veretu (Vilyar, 86), Kumbula, Jeko.

Ogohlantirishlar: Rafael Leau (70), Ibragimovich (75), Pedro (77), Kristante (81), Teo (82).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!