Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 6-turida “Manchester Siti” 24-oktabr, shanba kuni “Vest Hem” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 18-daqiqada londonliklar Mikael Antonioning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga “shaharliklar” ikkinchi bo‘lim debyutida Fil Fodenning goli bilan javob qaytardi. Bahsning qolgan qismida hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa ortda qolgan beshta o‘yinda bor-yo‘g‘i 8 ochko to‘plagan “Manchester Siti” 11-o‘ringa tushib ketdi. “Vest Hem” (11) esa 10-pog‘onaga ko‘tarildi.

APL

6-tur bahsi

24-oktabr, shanba

“Vest Hem” — “Manchester Siti” 1:1

Gollar: 1:0 – 18 Antonio, 1:1 – 51 Foden.

“Vest Hem”: Fabianski, Kressuell, Balbuena, Ogbonna, Soufal, Rays, Fornals, Bouen (Aller, 69), Souchek, Masuaku, Antonio (Yarmolenko, 52).

“Manchester Siti”: Ederson, Joau Kanselu, Uoker (Zinchenko, 78), Erik Garsiya, Ruben Diash, Bernardu Silva (de Bryuyne, 68), Rodri, Sterling, Gundo‘g‘an, Mahrez, Aguero (Foden, 46).

Ogohlantirishlar: Soufal (51), Balbuena (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!