UFC’ning yengil vazndagi sobiq chempioni Toni Fergyuson divizionning amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov bilan jangi bo‘lishiga ishonmoqda.

Foto: UFC

“Men Habib bilan baribir qachondir jang qilaman. U ketishdan oldin, albatta, qarshisida meni ko‘radi. Biz bularning hammasini boshlang‘ich nuqtasiga aylantiramiz. Hamma bitta mag‘lubiyat sabab meni hisobdan chiqarmoqda. Ammo ularga e’tibor bermayman. Bunday narslarni menga tasodifiy muxlib bo‘lib qolganlar qiladi. Ammo mening ashaddiy muxlislarim bor va ular juda ko‘p. Mening qadrim juda baland”, — deydi Toni Fergyuson.

Qayd etish joiz, UFC Toni Fergyuson hamda Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi jangni tashkil qilishga besh marta harakat qilib ko‘rdi. Habibning ustozi Xayer Mendes esa yaqinda bergan intervyusida agar shogirdi Jastin Getjini mag‘lub etsa, undan so‘ng Jorj Sen-Pyer bilan jang qilishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Habib 24-oktabr, shanba kuni vaqtinchalik chempion Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!