Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 4-turida “Yuventus” 17-oktabr, shanba kuni “Krotone” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter

Maydon egalari uchrashuv avvalida penalti ishlab oldi. 11 metrlik jarima zarbasini Simeon Nvankvo golga aylantirdi.

Bunga turinliklar 21-daqiqada Alvaro Morataning urgan goli bilan javob qaytardi. Uchrashuvning 60-daqiqasida mehmonlar Federiko Kyezaning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Shundan keyin ham Andrea Pirlo shogirdlari bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq mazkur hisob uchrashuv yakuniga qadar o‘zgarmadi.

“Yuventus” uchta o‘yinda 5 ochko to‘plagan holda 9-o‘ringa tushib ketdi. “Krotone” esa mavsumdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.

Ushbu uchrashuvni turinliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu o‘tkazib yubordi. Avvalroq futbolchida koronavirus aniqlangandi.

A Seriya

4-tur bahsi

17-oktabr, shanba

“Krotone” — “Yuventus” 1:1

Gollar: 1:0 – 12, penalti Nvankvo, 1:1 – 21 Morata.

“Krotone”: Kordats, Magalyan, Luperto (Golemich, 83), Pedru Pereyra (Rispoli, 73), Retsa, Vulich (Siligardi, 74), Molina (Petrichchone, 87), Junior Messias, Chigarini, Marrone, Nvankvo.

“Yuventus”: Buffon, Demiral, Danilo, Bonuchchi, Frabotta, Kulusevski (Bernardeski, 70), Bentankur, Portanova (Kuadrado, 56), Artur (Rabyo, 70), Kyeza, Morata.

Ogohlantirishlar: Bonuchchi (11), Chigarini (14), Portanova (37), Kulusevski (45), Retsa (67), Magalyan (84).

Chetlatish: Kyeza (60).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!