Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 5-turida “Chelsi” 17-oktabr, shanba kuni “Sauthempton”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Birinchi bo‘limda Timo Verner dubl qayd etgan holda londonliklarning ikkita goliga muallif bo‘ldi. Bunga mehmonlar Denni Ingzning kiritgan to‘pi bilan javob berdi.

Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan “Sauthempton” futbolchilari 57-daqiqada Che Adamsning golidan keyin hisobni tenglashtirdi. Biroq oradan uch daqiqa o‘tar o‘tmas maydon egalari uchinchi golni urdi. Hammasi “Chelsi”ning g‘alabasi tomon ketayotgan bir vaqtda Yannik Vestergor qo‘shib berilgan daqiqalarda muvozanatni tiklashga erishdi.

“Chelsi” 5-turdan keyin 8 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. “Sauthempton” (7) esa 10-pog‘onadan joy olgan.

APL

5-tur bahsi

17-oktabr, shanba

“Chelsi” — “Sauthempton” 3:3

Gollar: 1:0 – 15 Verner, 2:0 – 28 Verner, 2:1 – 43 Ingz, 2:2 – 57 Adams, 3:2 – 59 Haverts, 3:3 – 90+2 Vestergor.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Chiluell, Kristensen, Pulishich (Jeyms, 87), Kante, Maunt (Ziyosh, 72), Jorjinyo, Haverts, Verner (Abraham, 90).

“Sauthempton”: Makkarti, Vestergor, Uoker-Piters, Bertran, Bednarek, Redmond (Tella, 77), Uord-Prouz, Romeu (Diallo, 87), Uolkott, Adams (Long, 86), Ingz.

Ogohlantirishlar: Chiluell (48), Romeu (84).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!