• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    Kolumbiyani diplomsiz tark etgan shoira. Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Luiza Glyuk haqida

    Bu yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti “o‘zining qat’iy jozibasi bilan individual mavjudlikni umumbashariy qila olgan mukammal she’riy ovozi uchun” amerikalik shoira va essenavis Luiza Glyukka nasib qildi. Ijodiy faoliyatidan kelib chiqqan holda Glyuk ko‘pincha avtobiografik shoira sifatida tavsiflanadi. Uning yozganlari hissiy intensivligi va shaxsiy tajribalar hamda zamonaviy hayot haqida mulohaza yuritish uchun afsonalar, tarix yoki tabiatga tez-tez murojaat qilish bilan mashhurdir.

    Hozirda Glyuk Yel universitetida yordamchi professor bo‘lib faoliyat yuritadi va Kembrijda yashaydi. “Daryo” yuksak mukofotga munosib ko‘rilgan ijodkorning hayoti va ijodi to‘g‘risida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Luiza Glyuk 1943-yil 22-aprelda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Kelib chiqishi venger yahudiylariga borib taqaladigan Glyukning ota-bobosi Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib keldi va Nyu-Yorkda oziq-ovqat do‘konini yurita boshladi. Glyukning otasi oilaning AQShda tug‘ilgan ilk a’zosi edi. Ijodkorlik Glyukning oilasi uchun yot emas edi, uning otasi yoshligidan yozuvchi bo‘lishni orzu qilgan edi. Glyuk bolaligidanoq ota-onasidan qadimgi yunon miflari va Janna d’Ark voqealari kabi klassik hikoyalarni eshitib ulg‘aydi. U yoshligidan she’rlar yoza boshladi.

    O‘smirlik davrida Glyuk anoreksiya nevroziga yo‘liqdi. Bu shoiraning eng jo‘shqin yoshlik davrining asosiy muammosiga aylandi. U o‘zi yozgan insholardan birida kasal davrida onasining ko‘magisiz mustaqil harakat qilishi uchun chekkan mashaqqatlarini tasvirlab berdi. Sog‘lig‘i Glyukning kollejga kunduzgi talaba sifatida qabul qilinishiga to‘sqinlik qildi. Buning natijasida u Sara Lourens kollejida she’riyat bo‘yicha tahsil ola boshlaydi. Shoira o‘zining ijodkor bo‘lib yetishishida ushbu ta’lim muassasasining alohida o‘rin tutishini ta’kidlaydi.

    Kolumbiyani diplomsiz tark etgan Glyuk o‘zini kotibalik faoliyatida sinab ko‘rdi. 1967-yilda shoira Charlz Xertzga turmushga chiqdi, biroq bu nikoh ajralish bilan yakunlandi. 1968-yilda Glyuk o‘zining ilk she’riy to‘plamini nashr ettirdi. Uzoq davom etgan davolanish jarayonlaridan so‘ng shoira 1971-yildan Vermontdagi Goddard kollejida she’riyatdan dars berishni boshladi. 1975-yilda uning ikkinchi she’riy kitobi – “Marshlanddagi uy” nashrdan chiqdi. Ko‘plab tanqidchilar bu kitobni shoiraning “o‘zgacha ovozini kashf etgan” muhim qadam deya baholaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1980-yilda Glyukning Descending Figure nomli uchinchi to‘plami nashr etildi va u keng jamoatchilik tomonidan yaxshi kutib olindi.  Xuddi shu yili yong‘in natijasida shoiraning Vermontdagi uyi xarobaga aylandi, natijada u o‘zining barcha mol-mulklaridan ayrildi. Ushbu fojiadan so‘ng Glyuk keyinchalik unga mukofot olib kelgan “Axilles zafari” (1985) asarida to‘planadigan she’rlarni yoza boshladi.

    Tanqidchi Liz Rozenberg o‘zining The New York Times’ga yozgan maqolasida  ushbu kitobga Glyukning avvalgi kitoblariga qaraganda “aniqroq, tozaroq va o‘tkirroq” deya ta’rif bergan edi. Yana bir tanqidchi Piter Stitt The Georgia Review gazetasida yozgan maqolasida “kitob Glyukning bizning zamonamizning muhim shoirlaridan biri” ekanini ko‘rsatdi, deya ta’kidlaydi. To‘plamdan shoiraning feministik madhiyaga o‘xshab ketadigan mashhur Mock Orange she’ri ham o‘rin olgan edi.

    1985-yilda shoiraning otasi vafot etdi. Bu yo‘qotish uni “Ararat” (1990) nomli yangi she’rlar to‘plamini boshlashga undadi, to‘plamning nomi Ibtido toshqini haqidagi hikoyadagi tog‘ga ishora qiladi. 2012-yilda The New York Times gazetasida tanqidchi Duayt Garner bu kitobni “so‘nggi 25 yil ichida nashr etilgan Amerika she’riyatining eng shafqatsiz va qayg‘uga to‘lgan kitobi”, deb ataydi.

    Shu tariqa shoiraning bir nechta she’riy to‘plamlari birin-ketin nashrdan chiqa boshladi. 1993-yilda Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lishi Glyukning eng mashhur amerikalik shoira sifatidagi obro‘sini yanada mustahkamladi. 1994-yilda u “Isbot va nazariyalar: she’riyat haqida insholar” deb nomlangan insholar to‘plamini nashr ettirdi. 2004-yilda shoira 2001-yil 11-sentabr voqealariga bag‘ishlangan she’rini yozdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Glyukning ijodiy faoliyati ko‘plab sharaflarga sazovor bo‘ldi.  Qo‘shma Shtatlardagi she’riyat uchun beriladigan eng yirik mukofotlardan tashqari u Milliy san’at jamg‘armasi va Guggenxaym jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan ko‘plab stipendiyalarga sazovor bo‘ldi. Shoira Griffin xalqaro she’riyat mukofotining finalisti maqomiga ham erishdi.

    Glyukning she’rlari Oksforddagi Amerika she’riyati kitobiga, Kolumbiya antologiyasiga va boshqa ko‘plab almanax va antologiyalarga kiritildi. Uning hujjatlari, shu jumladan, qo‘lyozmalari, yozishmalari va boshqa materiallar Yel universitetidagi Baynek noyob kitob va qo‘lyozmalar kutubxonasida saqlanadi.

    Glyuk o‘zining lingvistik aniqlik va keskin ohang bilan yozilgan lirik she’rlari bilan mashhur. Shoir Kreyg Morgan Teyxer uni “so‘zlari bekorga sarf qilinmaydigan” ijodkor, deb ta’riflagan edi. Olim Lora Kvinni esa so‘zlarni ehtiyotkorlik bilan ishlatishi Glyukni shiddatli lirikani qadrlaydigan amerikalik shoirlar qatoriga qo‘shib qo‘yganini ta’kidlaydi, Glyukning she’rlari kamdan kam hollarda qofiyaga asoslanib, ular ritmga erishish uchun takrorlash, qo‘shish va boshqa usullarga tayanadi.

    Glyukning ijodi tematik jihatdan xilma-xil bo‘lsa-da, olimlar va tanqidchilar unda ustuvor o‘rin tutuvchi bir nechta mavzularni aniqladi. Glyuk she’riyati travmatizmga qaratilgan, deb aytish mumkin, chunki u butun faoliyati davomida o‘lim, yo‘qotish, rad etish, munosabatlarning muvaffaqiyatsizligi, davolanish va yangilanishga urinishlar haqida yozdi.

    Glyuk psixoanalizning, shuningdek, bolaligidan qadimgi afsonalar, masallar va mifologiyalarni o‘rganishining o‘z ijodiga ta’sirini ta’kidlaydi.

    Qadrdon nafaslar sun’iyligida

    Bir surat chizardik moybo‘yoq bilan.

    To‘kilib, eriblar ketardi bo‘yoq,

    Biz chizgan suratlar shunchalar xira –

    Olis qardoshlikning sharpasi yanglig‘.

    Bir do‘st salomida unutilgan dil

    Izhor chashmasidan tomchi suv istar.

    Begona tashnalik musofir misol

    Tanimga aylaydi sovuq tashriflar

    Va moviy maysazor tumani aro

    Menga jon do‘st bo‘lar ul begonalik.

    (“So‘ngso‘zlar” kitobidan. Mirzohid Muzaffar tarjimasi)

    2020-yil shoira uchun omadli keldi. Glyuk o‘zining ko‘p yillik ijodiy faoliyati samarasi o‘laroq Nobelga loyiq ko‘rildi.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    09.10.2020, 17:57   Izoh (0)   35881
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda “Forrest Gamp” asari muallifi Uinston Grum vafot etdi

    18.09.2020, 20:24

    Ingliz tilining Merriam-Webster lug‘atida irqchilikning ta’rifi o‘zgartiriladi

    11.06.2020, 22:57

    Angliyadagi chiqindixonalardan birida topib olingan “Garri Potter” kitobi auksionda 40 ming dollarga sotildi

    22.05.2020, 20:24

    Shahzoda Garri va Megan Markl qirollik qasri sirlari haqida kitob yozmoqda

    29.04.2020, 09:53

    “Bolaligimizning yana bir bo‘lagi bizni tark etdi”. Anvar Obidjon haqida

    11.04.2020, 20:28

    O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi

    11.04.2020, 19:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.