Fransiya janubi-sharqiga va Italiya shimoliga kuchli sel yopirildi. Oqibatda tog‘ daryolari qirg‘oqlaridan toshib chiqdi, qishloqlar yerlari o‘pirilib tushdi. “Kommersant” tabiiy ofat oqibatlarini aks ettiruvchi fotogalereyani e’lon qildi.

Qutqaruvchilar odamlarni vertolyotlarda evakuatsiya qilmoqda. Italiyaning eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlari — Pyemont va Liguriya ma’murlari hukumatdan favqulodda holat e’lon qilishni so‘radi.

Foto: AP Photo

Yer ko‘chishlari tufayli Italiyada yo‘llar to‘silgan, bir nechta aholi punktlari tashqi dunyodan uzilib qolgan.

Foto: AP Photo

Po daryosi sathi olti metrga ko‘tarilgan. 10,5 mingdan ortiq uy elektrsiz qolgan.

Foto: AP Photo

Italiya shimolida toshqin oqibatida yetti kishi, shu jumladan, bir qutqaruvchi halok bo‘lgan.

Foto: AP Photo

7-oktabr kuni ofatdan jabr ko‘rgan Fransiya janubi-sharqiga mamlakat prezidenti Emmanyuel Makron tashrif buyurishi kutilmoqda.

Foto: AP Photo

Fransiya bayrog‘i suv toshqinidan keyin.

Foto: AP Photo

Sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan, yana 13 kishi qidirilmoqda.

Foto: AP Photo

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan.

Foto: AFP

Ikki yuzdan ortiq kishi jabrlangan hududdan vertolyotlarda evakuatsiya qilindi.

Foto: AP Photo

Qutqaruv xizmatlari jabrlangan shaharlarga vertolyotlarda oziq-ovqat mahsulotlarini tashlamoqda.

Foto: AP Photo

Ko‘p joylarda telefon aloqasi uzilgan, elektr toki yo‘q.

Foto: AP Photo

Yer ko‘chishlari oqibatida elektr kabellari va uzatish simlari uzilgan.

Foto: AP Photo

Hududda mingga yaqin yong‘in-qutqaruv xizmatlari xodimlari ishlamoqda.

Foto: Reuters

Dengizbo‘yi Alp tog‘lari departamenti hududida bir nechta avtomagistral yopilgan, temir yo‘l harakati to‘xtatilgan.

Foto: AP Photo

Sen-Marten-Vezyubi yaqinida kuchli yomg‘ir tufayli avtomobil ko‘prigi qulab tushdi.

Foto: Reuters

Ob-havo xavfining eng yuqori darajasi Dengizbo‘yi Alp tog‘lari departamentida e’lon qilindi.

Foto: Reuters