Vashington okrug sudi prezidenti Donald Trampning mamlakatda TikTok ilovasini yuklab olishni taqiqlovchi farmoniga vaqtincha to‘siq qo‘ydi, deb xabar bermoqda “RBK” The Wall Street Journal’ga tayanib. Sud qarorni ushbu qaror taqiq kuchga kirishidan bir necha soat avval qabul qilgan.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, sud qarori TikTok’ga xizmatni Oracle va Walmart bilan sotish bo‘yicha tugallanmagan bitimga AQSh va Xitoy rasmiylaridan rozilik olish uchun ko‘proq vaqt beradi.

Tramp farmoniga vaqtincha to‘siq qo‘yish haqida ByteDance kompaniyasi da’vo arizasi kiritgan.

AQSh prezidenti ushbu farmonni 7-avgust kuni imzolagandi. Tramp administratsiyasi ushbu ilova amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini Xitoyga uzatishi mumkin, degan fikrda. Servis egasi — ByteDance kompaniyasi bu ayblovlarni rad etmoqda.

Tramp AQSh fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida TikTok’ni Amerika kompaniyasiga, masalan, Microsoft’ga sotishni talab qilgan. Bunday bitim 15-sentabrga qadar amalga oshmasa, TikTok “biznesdan chiqishi” bilan qo‘rqitgan. Keyinchalik, AQSh savdo vazirligi TikTok va WeChat xizmatlarini Amerika marketpleylistlari orqali sotish va qo‘llab-quvvatlash taqiqlanganini e’lon qilgan.

20-sentabr kuni Tramp TikTok Oracle korporatsiyasi tomonidan sotib olinishini ma’qulladi. 12-noyabrgacha bitim tuzilmasa, AQSh hukumati mamlakatda TikTok faoliyatini cheklashni boshlamoqchi.