Ko‘pincha bolalar, ba’zida katta insonlarda ham tirnoq tishlash odati borligi namoyon bo‘ladi. Statistika shuni ko‘rsatadiki, bu holat soni ko‘proq kichik yoshdagi bolalarni tashkil etadi. Shuningdek, ularning 20 foizida yoshi ulg‘aysa ham saqlanib qoladi. Aslida nima uchun bunday odat paydo bo‘ladi va unga qarshi qanday kurashish mumkin? Bu borada mutaxassislar qanday tavsiya beradi?

Foto: “Domashniy ochag”

Tirnoq va uning atrofini tishlash holati onixofagiya deb ataladi. Bu odatda, stress, tashvish yoki qattiq tushkunlik paytida kuzatiladi. Ma’lumki, bola hali tug‘ilmasidan avval onaning qornida ham barmoqlarini og‘ziga soladi, bu esa chaqaloqning yonoq mushaklarini rivojlanishiga yordam beradi. Shu tufayli bola tug‘ilganida allaqachon ona suti bilan oziqlanishga tayyor bo‘ladi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, barmoqlari yoki tirnoqlarini tishlagan bolalar ongsiz ravishda go‘daklik davriga qaytadi. Ular shu orqali tinchlanadi, asab tizimi kuchayib borgan sari odat o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi.

Ammo ba’zi hollarda onixofagiya yashirin tashvish, diqqat yetishmasligi, faollikning buzilishi kabi muammolar orqali ham kelib chiqadi. Bolaning tirnoq tishlash sababini aniqlash uchun dastlab uni uzoq muddat kuzatish kerak.

Agar bola ko‘pchilikning oldiga chiqishdan avval tirnoqlarini tishlay boshlasa, demak, unda odamlarga nisbatan biroz qo‘rquv bor. Bunday holda onalar kichik oila davrasida yoki do‘stlari bilan mashq qilishni o‘rgatishi kerak. Shundagina bola odamlar orasida o‘zini xotirjam sezadi va asta-sekin barmoq tishlash odati yo‘qoladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Multfilm tomosha qilayotgan paytda ham bolalarning tirnoq tishlash holati kuzatiladi. Bu paytda ularni asab tarangligini yenga olmayotgan yoki ekranda yuz berayotgan voqealar uchun juda xavotirda, degan xulosaga kelish mumkin. Shuning uchun ham televizor tomoshasida vaqtni chegaralash bolani keraksiz tashvishlardan xalos etadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Janjaldan keyin tirnoqlarni tishlash orqali bola o‘zini tinchlantirishga harakat qiladi. Bunday paytda unga his-tuyg‘ularini ochiq namoyon etish yoki boshqa bir jismoniy o‘yinlar bilan chalg‘ishiga yordam berish tavsiya etiladi. Shuningdek, vaziyatga asoslangan holda maslahat beradigan psixolog bilan bog‘lanish zarur.

Qanday qilib bolani bu odatdan qaytarish mumkin?

Bolalarni ushbu odatdan tanbeh berib qaytarib bo‘lmaydi. Bu bilan faqat bosim o‘tkazish mumkin. Bola o‘zining xatti-harakatidan bexabar, u avtomatik tarzda bu ishni amalga oshiradi. Agar ular ushbu tufayli odati jazolansa, ularda yanada ko‘proq asabiy taranglik yuzaga keladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Psixologlarning ta’kidlashicha, tashvishdan xalos bo‘lish eng samarali usul hisoblanadi. Masalan, qo‘llar sevimli o‘yinchoq bilan band bo‘lishi mumkin. Oddiygina aqliy hisob-kitob o‘yini, qo‘l mushtlarini ochib-yopish ham stressni kamaytiradi. Ammo hammasidan ham foydalisi — ota-onaning mehri va e’tiboridir. Farzandni quchoqlash va tabassum qilish uni ko‘proq xotirjam qiladi.

Olimlar qanday fikrda?

Yangi Zelandiyadagi Danidin tibbiyot maktabi tadqiqotchilarining xabar berishicha, onixofagiya bolalarning sog‘lig‘ini yaxshilashga yordam beradi. Ular mingdan ortiq bolalarni o‘rganib, tirnoq tishlashga ishtiyoqi baland bo‘lganlarning keyinchalik allergenlarga chidamli bo‘lishini aniqlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolalarning 31 foizi tirnoqlarini tishlaydi yoki barmoqlarini so‘radi. Agar bola faqat tirnoqlarini tishlaydigan bo‘lsa, uning allergiyaga chidamliligi 5 foizga, bordi-yu, barmoqlarini ham so‘radigan bo‘lsa, unda turli xil allergenlar, jumladan, uy changlari va hayvonlarning yungiga nisbatan 69 foizga chidamli bo‘lib o‘sadi.

Olimlar bu odatni immunitetning allergenlarga moslashuvini qabul qilish deb izohlaydi. Ammo ushbu odatni rag‘batlantirishni maslahat berishmaydi, shuningdek, o‘spirinlik davridayoq ushbu odatni bartaraf etishga kirishishni tavsiya etishadi.