Yaponiyada Takashi Kaburagi ismli muhandis inson bo‘yi tengi keladigan — 180 santimetrli robotni 100 kunda yaratishga qaror qildi. U o‘zining muvaffaqiyati va omadsizliklari haqida Twitter’dagi sahifasi orqali e’lon qilib bormoqda.

Ixtirochi ushbu tajribaning boshlangani to‘g‘risida 26-iyul kuni e’lon qilgan. Ayni vaqt Takashi loyiha ustida ishlayotganiga salkam 50 kun bo‘lmoqda va u amalga oshirilgan ishlarni qisqa videolar orqali tarmoqqa joylab bormoqda.

Kaburagining g‘oyasicha, robot yugura olishi kerak, biroq u to‘xtashga majbur emas. Yana bir sharti robot bo‘yining balandligi muhandisniki bilan teng kelishi lozim — 179 santimetr. Biroq bu shartli talab bo‘lib, aftidan robot tanasining yuqori qismi bo‘lmaydi.

Muhandis dastlab robotni oyoqlari plastikdan qirqib olingan va sharnirlarga qotirgan, tizzalari bukilmaydigan miniatyura modeldan yig‘ishni boshlagan. Biroq robot yiqilib tushavergan. Shunda ixtirochi o‘zining stadionda sport mashqlari bajarayotganini suratga olib, yugurish texnikasini o‘rganishga kirishgan. Keyinroq robotning tizza bo‘g‘imlari paydo bo‘lsa ham, u yiqilishni davom etgan. Shundan so‘ng Kaburagi odam bo‘yidek keladigan model ustida ish boshlagan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach robot krossovkaga ega bo‘lgan, tajribaning 50-kuniga kelib u bir necha qadam tashlay boshladi.

Muhandis o‘z loyihasi ustida ishlashni davom etmoqda.