YouTube’dagi Hyper Blue niki ostidagi bloger Chevrolet Corvette ZR1’ning Lego konstruksiyasidan yasalgan nusxasini sotib olib, unga motor va ishlaydigan uzatmalar qutisini o‘rnatdi. U to‘rt daqiqalik video davomida o‘yinchoq mashinaning yangi tizimlari qanday ishlashini ko‘rsatib bergan.

Foto: Hyper Blue

Bloger Corvette uchun Daniya konstruksiyasi detallaridan yig‘ilgan kichkina dinamometrik stend yasagan. Unga o‘t oldirish kalitini, elektronikani yoqish richagini, mitti tepki va dvigatelni ishga tushiruvchi tugma joylashtirgan. Tugma bosilganida Corvette’ning oldindan yozib olingan tovushi eshitiladi.

Elektromotorcha va old g‘ildiraklarga ulangan planshet o‘ziga xos qurilmalar paneli bo‘lib xizmat qiladi. Unda model harakatlanishi mumkin bo‘lgan tezlik, motorning aylanishlar soni va tepkilarni bosish darajasiga oid ma’lumotlar joylashgan.

Bloger modelni o‘rta motorli qilib jihozlangan. Elektrodvigatel kichkina to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida ishlaydi. Motor o‘chib qolmasligi uchun bloger mashinaning quyruq qismini ko‘tarib turib, uning orqa g‘ildiraklarini erkin aylanishini ta’minlaydigan mexanizm yasagan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Honda markasi Lego kompaniyasi mutaxassislari bilan birga, konstruktor yordamida Avstraliyadagi dunyoga mashhur Mount Panorama poyga trassasini yaratgan edi.