Pandemiya sharoitida maktablarga kirib-chiqish tartibi ishlab chiqildi, deya xabar bermoqda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov.
Qayd etilishicha, o‘quvchilarning ta’lim muassasalariga karantin qoidalariga rioya qilgan holda kirib-chiqishi tartibi 1 yoki 2-navbatdagi o‘qishlardan kelib chiqib yo‘lga qo‘yiladi.
Binodagi o‘quvchilar harakati va doimiy ravishda tibbiy niqoblarda bo‘lishi esa fan o‘qituvchilari tomonidan nazorat qilinadi.
Ta’lim muassasalariga kirib-chiqish qoidalari Sergeli tumanidagi 330-maktab hamda Bekobod tumanidagi 40-maktab misolida batafsil keltirilgan.