AQSh yo‘l harakati xavfsizligi milliy instituti (IIHS) Kia Seltos ustida bir qator krash-testlarni o‘tkazdi. Ekspertlar o‘nlab testlardan so‘ng Janubiy Koreya krossoverining passiv va aktiv xavfsizligini yuqori baholagan, biroq Kia Seltos’ni tanqid qilgan — asosiy yorug‘lik faralari samarasiz deya tan olingan, deb xabar beradi Motor.

Kadr: YouTube

IIHS uslubi bo‘yicha krash-testlar soatiga 64 kilometr tezlikda uchta yuzma-yuz to‘qnashuvni o‘z ichiga oladi. To‘qnashuvlarning barchasi qisman qoplamalar bilan amalga oshiriladi. Haydovchi va yo‘lovchi tomonining 25 foizli qoplamasi bilan ikkita zarba hamda old tomoni 40 foiz qoplangan uchinchi to‘qnashuv. Shuningdek, yon zarbalarga bardoshlilik ham sinaladi, tom qismining mustahkamligi va o‘rindiqlar qotirilishi tekshiriladi.

IIHS mutaxassislari aktiv xavfsizlik tizimini baholashda shahar sharoitidagi tezlikda sodir bo‘lgan YTHda elektronikaning ishlash qobiliyatini tekshiradi. Kia Seltos’da avtomatik tormozlanish tizimi soatiga 19 va 40 kilometr tezlikdagi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bundan tashqari, Kia Seltos kuzovining mustahkamligi va passiv xavfsizlik tizimining ishlashi ham yaxshi baholangan.

IIHS mutaxassislarining fikricha, Kia Seltos’ning muammosi — asosiy yorug‘lik faralari. Standart va opsion galogen lampalar hamda old tomonidagi yorug‘lik diodli optika ham samarasiz deya topilgan. Ekspertlar burilishlardagi yorug‘lik nuri maydonining kamligini tanqid qilgan.

Avvalroq Mercedes-Benz krash-test manekenlari hayotiga bag‘ishlangan serial yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.