Daryo

Samarqand xalqaro aeroportining yangi yo‘lovchi terminali davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi

Loyiha qiymati 40 million dollar bo‘lgan yangi yo‘lovchi terminal 2021-yilning uchinchi choragida foydalanishga topshiriladi

1 daqiqa o‘qish30 914 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand xalqaro aeroportining yangi yo‘lovchi terminalini qurish Uzbekistan Airports davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Air Marakanda mas’uliyati cheklangan jamiyati ko‘rinishidagi xorijiy kompaniyaga topshirilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Loyiha qiymati 40 million dollar bo‘lgan yangi yo‘lovchi terminal 2021-yilning uchinchi choragida foydalanishga topshiriladi.

Ta’kidlanishicha, Samarqand xalqaro aeroporti bugungi kunda 62 million dollarlik loyihani ham amalga oshirayotgan bo‘lib, loyiha Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tomonidan moliyalashtirilgan. Qurilish ishlari 2020-yilning oktabr oyida yakuniga yetadi.
Shuningdek, aeroportni rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida aerodromning sun’iy qoplamalari quriladi, yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va 4 ta yo‘naltiruvchi yo‘llar barpo etiladi.

Aeroportning samolyotlarni qabul qilish quvvati 8 tadan 24 taga yetkaziladi, magistral yo‘naltiruvchi yo‘lak rekonstruksiya qilinadi hamda yangi svetosignal va radiotexnik qurilmalar o‘rnatiladi. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar