Daryo

O‘zbekistonda 5 ta yangi aviakompaniya tashkil etiladi

Yangi aviareyslar ochish va qatnovlar davriyligini oshirish asosida mavjud aviaqatnovlar soni qo‘shimcha 2800 taga ko‘paytiradi

1 daqiqa o‘qish72 316 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekistonda 5 ta yangi aviakompaniya tashkil etiladi. Bu haqda 2020-yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, yangi aviareyslar uchish va qatnovlar davriyligini oshirish asosida mavjud aviaqatnovlar soni qo‘shimcha 2800 taga ko‘paytiriladi. Shuningdek, IATA (Havo transporti xalqaro assotsiatsiyasi) Summer-2021 yozgi mavsum boshlangunicha, “Ochiq osmon” rejimi tatbiq etilgan mamlakatning xalqaro aeroportlarining har birida yangi 10 ta xalqaro aviareysni yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirilgan.

Chora-tadbirlar dasturida fuqarolariga vizasiz rejim joriy qilinadigan mamlakatlar sonini yanada ko‘paytirish, turizm sohasida nufuzli xalqaro reytinglarda, xususan, Butunjahon sayohat va turizm kengashi (World Travel & Tourism Council) reytingida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash ham ko‘zda tutilgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar