AQShning Luiziana shtatida 4 kishi, jumladan, 14 yoshli qiz mamlakat tarixidagi eng kuchli tabiiy ofatlardan biri “Laura” to‘foni tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Ularning o‘limiga turar joylar ustiga daraxtlarning qulab tushishi sabab bo‘lgan, deya xabar qildi Associated Press. Luiziana shtati hukumati qurbonlar soni bundan ko‘proq bo‘lishi mumkinligini inkor etmagan.

Foto: Twitter

Shtat gubernatori Bell Edvards “Laura”ning Luizianaga yopirilgan eng kuchli to‘fonlardan biri ekanini ta’kidlagan. Ya’ni “Laura” 2005-yildagi “Katrina” to‘foni talafotlaridan ham ko‘proq ziyon yetkazgan.

Ushbu to‘fon davrida shamolning maksimal tezligi soatiga 241 kilometrga yetgan. To‘fon Luiziana qirg‘oqlariga kirib kelganidan 11 soat o‘tib, tropik bo‘ronga aylangan va Arkanzas shtatining shimoliy qismi tomonga qarab harakatlangan.

Luiziana va Texasda 700 mingdan ziyod uylar elektr ta’minotisiz qolgan. Tabiiy ofat ko‘plab binolarni qisman yoki butunlay vayron qilgan. Luizianadagi Uestleyk shaharchasida joylashgan BioLab kimyoviy zavodida to‘fon tufayli yong‘in kelib chiqqan.

Avval “Laura” to‘foni oqibatida Gaitida 20 nafar, Dominikanda esa uch nafar fuqaro vafot etgandi.