O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish davomida tumanidagi “Prof-Milk” qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, mamlakatda chorvachilik bilan birga go‘sht va sutni qayta ishlash tarmog‘i kompleks rivojlantirmoqda. Xususan, bugungi kunda sutni qayta ishlovchi 600 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Prof-Milk” qo‘shma korxonasi 2020-yil avgust oyida ishga tushirildi. Loyiha qiymati 3 million dollar bo‘lgan ushbu majmua Shveysariyaning “Tanotrade” kompaniyasi va “Toshelektroapparat” xususiy korxonasi hamkorligida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Bu yerda 50 kishi ish bilan band.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Korxonada 1,5 ming tonna mahsulot, pishloqning 10 ga yaqin turi ishlab chiqariladi. 2020-yilda esa eritilgan pishloq bu qatorni to‘ldirishi rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Korxonani barqaror xomashyo bilan ta’minlash, mahsulotlar turini ko‘paytirib, yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda “Bartec Trade” kompaniyasi tomonidan import o‘rnini bosuvchi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyihasi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati