Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Mali prezidenti Ibrohim Bubakar Keyt harbiy isyondan so‘ng iste’foga chiqdi. Reuters’ning xabar berishicha, bu haqda u televizion murojaatda ma’lum qildi.

Foto: AP Photo

“Hokimiyatni saqlab qolishim uchun qon to‘kilishini xohlamayman”, — degan Keyt. U, shuningdek, parlament va hukumatni ham tarqatib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Malida mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keytning iste’fosini talab qilib 2020-yilning iyun oyidan buyon namoyishlar davom etmoqda. BMT va huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar vaqtida kamida 14 kishi halok bo‘lgan.

18-avgust kuni Mali poytaxti Bamako shahri yaqinida harbiylar isyon ko‘tardi. Ular bir qator vazirlar va yuqori lavozimli ofitserlarni qo‘lga olgan. Qo‘lga olinganlar orasida Mali tashqi ishlar vaziri va moliya vaziri ham bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Muvaffaqqiyatga erishishidan avval o’zaro do‘st tutingan mashhurlar (foto)
Mahalliy
“Mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”. Zafar Hoshimov hokimlarning xalq deputatlari kengashlariga rahbar bo‘lishi masalasi haqida
Mahalliy
Chilonzorda yo‘l kengaytirish ishlarida 101 tup daraxt ildizi shikastlangan — Davlat ekologiya qo‘mitasi