• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ilgari bunday salbiy holatlar OAV tomonidan keng yoritilmasdi”. Po‘lat Bobojonov IIV xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari haqida

    Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiri bilan suhbatda xodimlar tomonidan fuqarolarning huquqlarini buzish, ularga tazyiq o‘tkazishning oldini olishga qaratilgan choralar haqida gapirib berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Vazirning ta’kidlashicha, shu yil 30-mayda Andijon shahrida, yanvar oyida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar kechirib bo‘lmas holatdir. Bu tizim sha’niga katta dog‘ tushirgan.

    “Ularning xatti-harakati — xalqning keng muhokamasiga, ichki ishlar organlariga nisbatan salbiy fikrlar shakllanishiga va tizimda halol ishlayotgan minglab xodimlar mehnatini puchga chiqarishga sabab bo‘ldi.

    Barchaning e’tiborini shunga qaratmoqchimanki, agar ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan shaxsga nisbatan jarohat yetkazilganligi aniqlansa, bu favqulodda hodisa sifatida baholanadi. Zudlik bilan ishchi guruh tuzilib, voqeaning barcha tafsilotlari o‘rganiladi.

    Ilgari bunday salbiy holatlar ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilmasdi, aholi xabardor etilmasdi va bu bizning faoliyatimizga xolis baho berishga qaysidir ma’noda to‘sqinlik qilardi.

    Ichki ishlar organlari xodimlari orasida, afsuski, o‘zinikini to‘g‘ri deb bilib, noto‘g‘ri yo‘ldan borayotgan, o‘z manfaatlarini xalq manfaatlaridan ustun qo‘yadigan, adashgan xodimlar ham uchramoqda. Bundaylarni aniqlab, tizimdan bo‘shatyapmiz, ularning rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘ryapmiz”, — deydi vazir.

    Uning aytishicha, 2020-yilda bevosita vazirlikning o‘z xavfsizligi xizmati xodimlari tashabbusi bilan fuqarolarni noqonuniy ushlab, zo‘ravonlik qilish bilan bog‘liq 5 holat aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun materiallar prokuratura idoralariga yuborilgan.

    Shu yilning o‘tgan davrida ichki ishlar vaziri, vazir o‘rinbosarlari, vazirlikning sohaviy xizmatlari rahbarlarining har biri joylarda 2-3 marta eng quyi bo‘g‘inda xizmat qilayotgan safdor xodimlargacha bo‘lgan darajadagi shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy-profilaktik yig‘ilishlar o‘tkazgan.

    Tadbirlarning yakuni bo‘yicha xizmat intizomini buzuvchi 822 nafar xodimning xatti-harakatlari mehnat jamoalari va xodimlarning oila a’zolari va ota-onalari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Natijada 173 nafari tizimdan bo‘shatildi, 114 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 65 nafar rahbarlar rotatsiya qilinib, boshqa lavozimlarga o‘tkazildi.

    Shu bilan bir qatorda o‘zining kundalik xizmat faoliyati davomida boshqalarga namuna bo‘lib kelayotgan xodimlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar e’lon qilindi.

    Fuqarolarning haq-huquqlari poymol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida barcha ichki ishlar organlarida jami 473 ta alohida maxsus xona tashkil etildi. Hozirda ularning barchasi uzluksiz ishlaydigan video va ovoz yozish moslamalari bilan ta’minlangan.

    Endilikda ichki ishlar organlariga olib kelingan har bir fuqaro bilan faqat shu xonada suhbat o‘tkazilishi va so‘roq qilinishi hamda ushbu jarayon videokameralarga uzluksiz yozib olinishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Bu ishlar uchun joylardagi ichki ishlar organining birinchi rahbari va tergov bo‘limi boshlig‘i shaxsan mas’ul etib belgilanib, jarayon qattiq nazoratga olindi.

    Bugungi kunda amaliyotda uchrayotgan muammolar hamda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish natijasida, tergov sifatini oshirish maqsadida yosh tergovchilarni kamida ikki oy davomida sud amaliyotini o‘tash tartibi joriy etilmoqda. Natijada tergovchi sud muhokamasida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, kelgusida tergovni har tomonlama, to‘la va xolisona olib borishda e’tiborga olishi lozim bo‘lgan barcha jihatlarga alohida e’tibor qaratadi. Muhimi, mazkur amaliyot protsess ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini to‘liq ta’minlash uchun zamin yaratadi.

    Po‘lat Bobojonov, ichki ishlar vaziri

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 13-iyunda Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olingan, voqea 30-mayda Andijon shahar Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinishidan boshlangan. Fuqaro 11-iyunda vafot etgan. 14-iyun kuni Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i podpolkovnik Sodiq Usmonov mazkur voqea sabab ishdan olindi. Keyinroq IIBda besh kishi ishdan olingani va 19 kishi jazolangani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura ayni ish doirasida olib borilayotgan tergov harakatlari davomida 27-iyun kuni jinoyatga aloqador deb topilgan yana ikki kishi — 4-sonli IIB boshlig‘i podpolkovnik P.Mamajonov hamda mazkur bo‘lim jinoyat-qidiruv guruhining yana bir tezkor vakili ham qamoqqa olinganini ma’lum qilgan.

    Mavzuga doir:

    • Po‘lat Bobojonov “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha tuman IIB rahbarlarini ishdan oldi. Ularning ikki nafari ichki ishlar tizimidan haydaldi
    • Po‘lat Bobojonov: “Kunim o‘tsa bo‘ldi” deydigan xodim IIV tizimida ishlay olmaydi

    15.08.2020, 12:09   Izoh (0)   43188
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda tergovchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi

    15.08.2020, 11:37

    Qashqadaryoda auksiondan g‘isht zavodi sotib olib, zavodning sobiq egalari qarshiligiga uchragan tadbirkor sudda g‘alaba qozondi

    15.08.2020, 11:08

    “Karantin yumshatilishi u bekor qilinganini anglatmaydi” — Maxsus komissiya murojaat bilan chiqdi

    15.08.2020, 10:07

    Surxondaryoda ota farzandining 18 yoshigacha to‘lanadigan 84 mln so‘m alimentni oldindan to‘ladi

    15.08.2020, 08:35

    O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini 2020—2030-yillarda rivojlantirish strategiyasi tasdiqlanadi

    15.08.2020, 07:59

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan tadbirlariga jami 1,6 trln so‘m mablag‘ ajratilgan

    15.08.2020, 06:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.