Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 12-avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida karantinni bosqichma-bosqich yumshatish zarurligini, aholining o‘zi shuni iltimos qilayotganini ta’kidladi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Shuni hisobga olib, Prezident 15-avgustdan boshlab fuqarolarga o‘z uyida 30 kishilik oilaviy tantana, to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 10-iyuldan karantin talablari kuchaytirilgan, ushbu davrda, jumladan, oilaviy tantana, to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazish taqiqlangan edi.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-avgustdan avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, 17-avgustdan viloyatlararo qatnovlarga ruxsat berish kerakligini ta’kidlagani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi