Yevropa Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan barcha o‘yinlar o‘z yakuniga yetdi. Avvalroq tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, juftliklar ma’lum bo‘ldi.

Foto: UEFA

Yevropa Ligasi chorak finali juftliklar bilan tanishing:

10-avgust, dushanba

  • “Manchester Yunayted” (Angliya) — “Kopengagen” (Daniya);
  • “Bayer” (Germaniya) — “Inter” (Italiya);

11-avgust, seshanba

  • “Sevilya” (Ispaniya) — “Vulverhempton” (Angliya);
  • “Shaxtyor” (Ukraina) — “Bazel” (Shveysariya).

Yarim finallar 16 va 17-avgust kuniga mo‘ljallangan. Final esa 21-avgust kuni Kyolnda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz mazkur bosqichdan keyin bahs taqdirini bitta o‘yin hal qiladi. Qolgan o‘yinlarga Germaniya mezbonlik qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!