Shvetsiya iqtisodiyoti fevral—may oylarida qattiq karantindan voz kechish to‘g‘risidagi hukumat qaroridan foyda ko‘rdi. Bu haqda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlar e’lon qilingan prognozda aytilmoqda, deb xabar beradi “RBK”

Foto: Ridus

Ekspertlarning fikricha, ikkinchi chorak oxiriga kelib Shvetsiya YaIMining pasayishi taxminan 7 foizni tashkil etadi, bu ushbu Skandinaviya mamlakati iqtisodiyoti uchun misli ko‘rilmagan past ko‘rsatkich bo‘ladi. Biroq tahlilchilarning ta’kidlashlaricha, pasayish AQSh va boshqa barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaraganda ancha yaxshi bo‘ladi.

“Shvetsiya iqtisodiyoti zarar ko‘rmadi, deb aytib bo‘lmaydi, ammo yalpi ichki mahsulotning pasayishi Yevropa hududidagi mamlakatlar singari kuchli bo‘lmaydi. Hududda bu ko‘rsatkich 30 foizga yetdi”, – dedi Capital Economics eksperti Devid Oksli.

Shu bilan birga, Shvetsiyaning karantin harakati uzoq muddatli istiqbolda uning iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi noma’lum.

“Bizning qo‘shnilarimiz (Daniya va Norvegiya) karantinda bo‘lishdi, shuning uchun ular tezroq tiklanishi mumkin”, – deydi Nordea kompaniyasining iqtisodchisi Torborn Isaksson.

Bloomberg Shvetsiyaning qattiq karantindan voz kechishi oqibatida mamlakatda o‘lim darajasi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lganini eslatdi (har 100 ming kishiga 56,4 kishi). Taqqoslash uchun, Daniyada bu ko‘rsatkich Shvetsiyadan besh baravar, Finlyandiya va Norvegiyada o‘n baravar kam.

Jons Hopkins universitetining 4-avgust kunidagi ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlangandan beri Shvetsiyada 81 012 ta kasallanish holati aniqlangan, 5 744 kishi vafot etgan.