Google kompaniyasi 2019-yilda taqdim etilgan Pixel 4 flagmanining hamyonbop versiyasi — Pixel 4A’ni yaratdi. Bu haqda kompaniya blogida xabar berildi.

Foto: IXBT

Qurilmaga 5,81 dyuymli ekran hamda Snapdragon 730G protsessori o‘rnatiladi. Tezkor xotirasining hajmi esa 6 gigabaytni, ichki xotirasi — 128 gigabaytni tashkil etadi.

Pixel 4A 20-avgustdan boshlab 349 dollar narxda sotuvga chiqadi.

Shuningdek, Google 2020-yilning kuzida yangi Pixel 5 flagmanini, bundan tashqari, 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Pixel 4A modellarini taqdim etishini ma’lum qilgan. Hozircha kompaniya smartfonlar haqida batafsil ma’lumot bermagan.

Avvalroq Samsung kompaniyasi Galaxy S20 Lite hamyonbop flagmanini taqdim etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.