“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Setyenning kelasi mavsumda ham ushbu lavozimda qolishini ma’lum qildi.

Foto: Twitter

“Setyenning shartnomasi bor. Biz uni tayinlaganimizda, bu nafaqat ushbu mavsum uchun, balki keyingisi uchun ham mo‘ljallangan loyiha ekanini tushuntirgandik. Bir necha oydan so‘ng, buning ustiga pandemiya bo‘lgan davrda murabbiyning ishiga baho berish qiyin. Arturo Vidalning aytishicha, Setyen futbolchilarni yaxshiroq bilib olishiga va ular bilan ishlashiga vaqt kamlik qilgan.

Hech qachon murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamaganmiz. Setyen – bizning murabbiy. Biz hech kim bilan muzokara o‘tkazmadik. Ha, Xavi bilan gaplashib turaman, chunki biz yaxshi munosabatdamiz, biroq yaqinda o‘z klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bir kuni u “Barselona”ni boshqaradi, qachonligini esa faqat uning o‘zi hal qiladi”, — dedi Bartomeu.

Ma’lumot uchun, 61 yoshli Setyen 2020-yilning yanvar oyida Ernesto Valverdening o‘rnini egallagandi. Klub uning qo‘l ostida La Liga 2019/20-yilgi mavsumini “Real”dan so‘ng ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Rivaldodan Suaresgacha. “Barselona” futbolchilari tomonidan urilgan akrobatik usuldagi top-5 gol (video)

Hozirda katalon klubi Yevropa Chempionlar Ligasidagi yurishini davom ettirmoqda. Jamoa 8-avgust kuni o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qiladi.

Mavzuga doir: