Xitoy raisi Si Szinpin Beidou-3 (BDS) uchinchi avlod global navigatsiya tizimi foydalanishga topshirilganini ma’lum qildi. Tizim 31-iyul kuni Pekinda ishga tushirildi, deb xabar beradi CGTN telekanali.

Foto: iGuides

Navigatsiya tizimining so‘nggi sun’iy yo‘ldoshi 23-iyun kuni Sichuan provinsiyasidagi Sichan kosmodromidan uchirilgan. U Beidou sun’iy yo‘ldoshlar oilasidagi 30-sun’iy yo‘ldoshga aylangan. Hozirda orbitada mazkur tizim tarkibiga kiruvchi 35 ta kosmik apparat ishlamoqda (qolganlari ekspluatatsiyaga chiqarilgan).

Beidou loyihasi 1994-yilda ishga tushirilgan. Navigatsiya tizimiga kiruvchi ilk sun’iy yo‘ldoshlar orbitaga 2000-yilda uchirilib, Xitoyda ishlashni boshlagan. 2012-yilda esa Osiyo—Tinch okeani mintaqasida ishga tushirilgan.

Beidou-3 Rossiyaning GLONASS, Amerikaning GPS va Yevropaning Galileo tizimlariga raqobatchi hisoblanadi.