Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy Majlis Senati kengashining 2020-yil 29-iyul kuni videokonferensaloqa shaklida majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva olib bordi, deya xabar beradi Senat axborot xizmati.

Foto: Oliy Majlis Senati

Foto: Oliy Majlis Senati

Majlisda Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisini 2020-yil 7-avgust kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Xususan, Senat qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash kabi jinoyatlar sodir etilishi holati to‘g‘risida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatiga parlament so‘rovlari yuborish masalasini ko‘rib chiqadi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi, “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar qayta ko‘rib chiqiladi.

Foto: Oliy Majlis Senati

Foto: Oliy Majlis Senati

Bundan tashqari, “Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlarni muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturining 2020-yil birinchi yarim yillik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, qolaversa, Ichki ishlar vaziri, Tashqi ishlar vaziri hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining axborotlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)