O‘zbekistonda 31-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 287 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 23 558 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 111 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
  • 112 nafari Toshkent viloyatida;
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 15 nafari Namangan viloyatida;
  • 10 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 13 680 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (58 foiz) sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 137 kishiga yetgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 143 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirda mamlakatda 9 741 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 436 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.