Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtati qirg‘oqlari yaqinida baliqchilar 800 kilogrammli skatni ushlashga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi KalingaTV.

Foto: KalingaTV

Ulkan dengiz jonivorini tomosha qilish uchun qirg‘oqqa ko‘plab odamlar to‘plangan.

Skat shu kunning o‘zida auksion orqali 50 ming rupiyga (taxminan 700 dollar) sotib yuborilgan.

Foto: KalingaTV

Avvalroq amerikalik erkak singan qarmoqda 90 kilogrammli baliq tutgani to‘g‘risida xabar berilgandi.